Bugun yoshlarimiz ikkinchi davraga puxta tayyorgarlik koʻrish maqsadida PRO Liga vakili Gʻuzorning “Shoʻrtan” jamoasi bilan bellashdi. 

Bellashuv Gʻuzorda boʻlishiga qaramay, yoshlarimiz ancha ishonchli oʻyin koʻrsatishdi. Birinchi boʻlimda hisob ochilmadi. Lekin ikkinchi boʻlimda yoʻl qoʻyilgan xato tufayli darvozamizga penalti belgilandi. Bu imkoniyatdan raqib futbolchisi Shokir Yoʻldoshov unumli foydalanadi va bellashuvda hisobni ochdi. Nazorat uchrashuvi 1:0 hisobida gʻuzorliklarning gʻalabasi bilan yakunlandi.


“Nasaf” futbol klubi matbuot xizmati