Qoidalar va Shartlar




Qarshi “Markaziy” oʻyingohiga olib kirish va ishlatish ta'qiqlangan buyumlar:

Qurol: Oʻqotar, uchli yoki oʻtkir buyumlar,

kimyoviy vositalar, shishali va plastik idishlar olib kirish taʼqiqlanadi.

Moddalar: Giyohvand moddalar, zaharlar va boshqalar. Yongʻinga xavfli yoki portlovchi moddalar, pirotexnika vositalari. Sport inshooti ichida va uni atrofida spirtli ichimliklar sotish man qilinadi;


“Nasaf” futbol klubidan chipta sotib olgan har bir muxlis “Markaziy” oʻyingohda quyidagi yoʻriqnomaga amal qilishlari shart:

1. Faqat chipta egasigina oʻz joyiga oʻtirishi mumkin. Iltimos chiptani nazoratchilarga koʻrsating (chipta narxiga mos ravishda). Mazkur chipta faqatgina uni old tomonida yozilgan sana vaqtdagina haqiqiy hisoblanadi.

2. Chipta egasi biror sabablarga kura chiptani qaytarishi yoki almashtirishi mumkin emas.

3. Chipta yoʻqolsa, zarar yetsa yoki oʻgʻirlansa qayta berilmaydi.

4. Olingan chiptalarning puli qaytarilmaydi. Chiptalardan OʻFFni ruxsatisiz reklama yoki boshqa tijorat maqsadlarida foydalanish qatʼiy taʼqiqlanadi.

5. Tegishli organ xodimlari talablari bilan xar bir shaxs shaxsini tasdiqlovchi hujjatni koʻrsatishi, shaxsiy tintuvga, taʼqiqlangan buyumlarni musodara qilinishiga yoki shaxsiy buyumlarni tekshirilishiga qarshilik koʻrsatmasligi kerak.

6. Stadionga tijorat mazmuniga ega boʻlgan buyumlar olib kelish taʼqiqlanadi.

7. Chipta egalari oʻyin jarayonini tavsiflab joʻnatishi, rasmga tushirib joʻnatishga haqli emas.