OChL guruh bosqichi oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrayotgan sevimli jamoamiz FIFA kunlari sababli yuzaga kelgan tanaffusda Olmqliqda OKMK jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

Birinchi boʻlimda maydon egalari Martin Boakye va Oybek Rustamovlarning gollari evaziga hisobda oldinga oʻtib olishdi. 28-daqiqada Oybek Bozorov oʻzining ajoyib reydi bilan raqib jarima maydinchasiga kirib bordi hisobni qisqartirdi - 2:1.

Ikkinchi boʻlimda Jaba Jigauri, Javohir Sidiqov, Suhrob Nurulloyev va Marko Stanoyevichlarning gollari evaziga jamoamiz hisobda oldinga oʻtib oldi. Baxtiyor Qosimovning olis masofadan kiritgan goli uchrashuvdagi soʻnggisi boʻldi.

Nazorat o’yini.

12-avgust, seshanba

OKMK — «Nasaf»  3:5

Gollar: Boakye (10), Rustamov (22) B.Qosimov (89) — Bozorov (28), Jigauri (58), Siddiqov (61 pen), Nurulloyev (63), Stanoyevich (66 pen)

OKMK (4-3-3) 25.Valijon Rahimov — 7.Dilshodbek Ahmadaliyev, 3.Sardor Rahmonov, 20.Islom To’xtaxo’jayev, 2.Akramjon Komilov — 15.Oybek Rustamov, 17.Sanjar Tursunov (C), 9.Ruben Sanches — 22.Shohruh Gadoyev, 27.Martin Boakye, 10.Xurshid G’iyosov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: 12.Dilshodbek Yoqubov — 4.Mirjamol Qosimov, 5.Anzur Ismoilov, 8.Baxtiyor Qosimov, 14.Mirjahon Mirahmadov, 19.Muhammadanas Hasanov, 88.Siavash Xaqnazariy

«Nasaf»: 54. Adham Musulmonov, 5. Gʻolib Gʻaybullayev, 8. Zafarmurod Abdirahmatov, 17. Suhrob Nurulloyev, 18. Bahrom Abdurahimov, 19. Lima Kruz, 25. Bekjon Rahmatov, 28. Shuhrat Muhammadiyev, 77. Oybek Bozorov, 88. Marko Stanoyevich, 99. Azizbek Amonov;

Zaxiradan maydonga tushganlar: 9. Javohir Sidiqov, 21. Doniyor Narzullayev, 32. Zafar Hakimov, 70. Jaba Jigauri;

Ogohlantirishlar: G’aybullayev (37), Amonov (59), Nurulloyev (75)