fcnasaf.uz

  21 Sep 2018 Yangiliklar, Yoshlar ligasi

Yoshlarimiz yana mag‘lub bo‘lishdi

Bugun yoshlarimiz 24-tur uchrashuvini Farg‘onada “Neftchi” yoshlariga qarshi o‘tkazishdi. Uchrashuvda jamoamiz 2:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Bugungi o‘yin haqida qisqacha to‘xtaladigan bo‘lsak, “Neftchi” jamoasi yuzaga kelgan ikki vaziyatdan unumli foydalana oldi. Bu vaziyatlarni yuzaga kelishiga sabab, jamoamizning yo‘l qo‘ygan xatolari bo‘ldi. Aslida esa maydon egalari o‘z o‘yini bilan, qulay vaziyat yarata olishmadi.

Natijada uchrashuvning 28-daqiqasida “Neftchi” jamoasi jarima maydonchamiz yaqinida jarima to‘pi tepish huquqini qo‘lga kiritdi. Jarimani Islombek Karimov ajoyib tarzda amalga oshirdi va hisobni ochdi – 1:0.

Ikkinchi bo‘limning 70-daqiqasida darvozabonimiz Umidjon Ergashev birga-bir vaziyatda raqib futbolchisini to‘xtatib qoldi, darvozamizga 11 metrlik jarima to‘pi belgilandi. Jarimani Xurshidbek Asqaraliyev golga aylantirdi – 2:0.

Uchrashuvning 78-daqiqasida jamoamiz ham 11 metrlik jarima to‘pi tepish imkoniga ega bo‘ldi. Bu jarimani belgilanishiga sabab, jamoamizning tashkil etgan hujumida Ma’ruf Jumayev darvozaga zarba yo‘lladi, to‘p himoyachi qo‘liga tegib yo‘nalishini o‘zgartirgan edi. Penaltini Sherzod Temirov amalga oshirdi va golga aylantirdi – 2:1.

Bu hisob o‘yin oxirigacha o‘zgarmasdan qoldi.

Shunday qilib, yoshlarimiz bu yilgi chepionatning ikkinchi bosqichidagi  ketma-ket ikki uchrashuvda  ham mag‘lubiyatga uchradi. Yoshlarimizning bu muvaffaqiyatsizliklariga sabab, o‘yin kuni uzoq yo‘l bosib kelishi orqali yuzaga kelayotgan toliqishlar ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda.

Endi yoshlarimiz navbatdagi 25-tur uchrashuvini o‘z maydonida “Qizilqum” yoshlariga qarshi o‘tkazishadi.

Yoshlar ligasi, 24-tur

“NYeFTChI” – “NASAF” 2:1 (1:0)

21.09.2018. “Neftchi” SK stadioni, 16:00

Hakamlar: G‘anisher Jo‘rayev, Shoxruhbek A’zamov, Azizbek Isoqov, Javohir Hakimov.

Nazoratchi: Sardor Najafaliyev

Komissar: Baxtiyor Namozov

Gollar: Islombek Karimov, 28’-1:0, Xurshidbek Asqaraliyev, pen.70’-2:0 – Sherzod Temirov, pen.78’-2:1

“Neftchi”: 80.Shuhratillo Raxmonov (s), 4.Shahzodbek Usmonov (5.Olloyor Solijonov, 89), 6.Dostonjon Rashidov (23.Boburjon Muqimov, 69), 7.Islombek Karimov (22.Islom Toshpo‘latov, 62), 8.Ilhomjon Vahobov (3.Shoxjahon Ro‘zimatov, 75), 10.Xurshidbek Asqaraliyev (9.Ibodjon Abilfazov, 77), 11.Elomonjon Karimov, 20.Ilhomjon Ibragimov, 26.Boburbek Isroilov, 32.Abdujalil Manazarov, 44.Jamshid Qobulov.

Zaxira: 21.Farruh Turdaliyev, 18.Doniyor Odilov.

“Nasaf”: 65.Mashhurjon Muhammadjonov (1.Umidjon Ergashev, 46), 4.Jo‘rabek Mannonov (s) (96.Dadajon Mamatqulov, 79), 5.Timur Komiljonov (34.Samandar Shukrullayev, 59), 7.Xudoyorxon Sagdullayev, 10.Oybek Bozorov, 15.Sherzod Nasrullayev (14.Alijon Axmatov, 70), 16.Otabek Komiljonov (6.Jahongir Qurbonboyev, 55), 17.Muhriddin Zoirov (22.Ma’ruf Jumayev, 65), 28.Sardor Sa’dullayev, 32.Ilhom Alijonov, 45.Sherzod Temirov.

Zaxira: 18.Iskandar Shodmonov.

Ogohlantirish: Ilhomjon Ibragimov (25) - Umidjon Ergashev (69).