fcnasaf.uz

  03 Mar 2017 Yangiliklar, Yoshlar ligasi

Yoshlarimiz dastlabki turda mag‘lubiyatga uchrashdi

“Nasaf” yoshlari birinchilikning dastlabki tur uchrashuvini  safarda “Qo‘qon-1912” yoshlari jamoasiga qarshi o‘tkazishdi.
Uchrashuvning dastlabki daqiqalarida himoyachilarimizning qupol xatosidan unumli foydalangan mezbonlar hisobda oldinga o‘tib olishdi. “Qo‘qon-1912” jamoasining uchrashuvdagi ilk golini, 1-daqiqada Muhammadanas Hasanov kiritdi.
Ushbu kutilmagan gol yoshlarimizni gangitib qo‘ymadi. Ular tezda o‘yin tizginini qo‘lga olishdi. Jamoamizning dastlabki tashkil etgan hujumlarining birida endi mezbonlar himoyachisi xatoga yo‘l qo‘ydi. 10-daqiqada Sharof Muhiddinov deyarli darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borib, darvozani aniq nishonga oldi – 1:1.
O‘yinda hisob tenglashgach maydonda teng kurashlar davom etdi. Ammo 25-daqiqaga kelib, yana “Qo‘qon-1912” jamoasi yoshlari hisobda oldinga o‘tib olishdi. Bu safar darvozabonimizni Dilshod Baratov dog‘da qoldirdi – 2:1.
Birinchi bo‘limda jamoalar ketma-ket hujumlar uyushtirishdi. Ammo darvozaga gol kiritish boshqa hech kimga nasib etmadi.
Ikkinchi bo‘lim maydon egalarining ustunligida boshlandi. Bu ustunlik ikkinchi bo‘lim yarmigacha davom etdi. Murabbiylarimiz tomonidan amalga oshirilgan o‘zgartirishlar o‘z samarasini berdi. Endi maydonda jamoamiz yoshlari ustunlik qila boshlashdi.
Shuni alohida tahkidlash joizki, bugun maydonda harakat qilgan ikkala jamoa futbolchilari ham astoydil harakat qilishdi. Ammo dastlabki o‘yin bo‘lganidanmi, o‘yinchilarda hayajon sezilib turdi. Bu orqali ular to‘p uzatishda ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘yishdi.
Yoshlarimizda vaziyatni o‘zgartirishga ko‘plab imkoniyatlar bo‘ldi. Ammo ular hisobni tenglashtirish uchun bu imkoniyatlardan foydalana olishmadi.
Shunday qilib, jamoamiz yoshlari dastlabki tur uchrashuvida mag‘lub bo‘lishdi. Endi Zafar Xolmurodov shogirdlari,  8 mart kuni 2-tur uchrashuvida “Buxoro” jamoasi bilan kuch sinashadi. Uchrashuv Qarshidagi yoshlarimiz qarorgohi maydonida bo‘lib o‘tadi.

Yoshlar ligasi, 1-tur. 03.03.2017
“Qo‘qon-1912” (Qo‘qon) – “Nasaf” (Qarshi) 2:1
Qo‘qon sh., Markaziy stadion. 

Hakamlar: Axmad Ergashev, Ravshan Kopadze, Shohruh A’zamov, Qahramon Sobirov.
Nazoratchi: Alisher Abdullaev.

Gollar: Gol: Gol: Muhammadanas Hasanov, 2’-1:0, Dilshod Baratov, 25’-2:1 – Sharof Muhiddinov, 10’-1:1

“Qo‘qon-1912”: 21.Muzaffar Abdullaev, 4.Doniyor To‘lashev, 10.Abror Rahmonov (11.Abduqahhor O‘ktamov 83), 15.Ma’ruf Zokirjonov (s), 18.Dilshod Baratov (8.Ibrohim Muxtorov 71), 19.Doston Meliqo‘ziev (17.Andrey Sidorov 56), 22.Muhammadanas Hasanov (26.Ramzbek Isaqov 90), 23.Ismoil Oxunjonov, 24.Ibrohim Rahimov (70.Sobir Hamidov 58), 28.Avaz Mamatxo‘jaev, 29.Iqbol Malikjonov, 
Zaxira: 30.Islom Abdullaev, 7.Ibrohim Usmonov.

“Nasaf”: 44.Muzaffar Sharipov (s), 4.Akmaljon Olimov (38.Xudoyorxon Sagdullaev 68), 7.Sirojiddin Qo‘ziev, 10.Islom Rashidxonov, 14.Sharof Muhiddinov (9.Alfayzi Ne’matov 78), 16.Bobir Abduxoliqov, 19.Saydullo Rahmatov (34.Sherzod Nasrullaev 82), 27.Dilshod Saitov (33.Muhriddin Zoirov 87), 28.Sardor Sadullaev, 29.Akmal Mozgovoy, 42.Jasur Jumaev.
Zaxira: 30.Azizxon Isaqov, 22.Javohir Shokirov, 32.Navro‘zxon Saidov.
 
Ogohlantirish: Doston Meliqo‘ziev 52, Avaz Mamatxo‘jaev 62 - Akmaljon Olimov 45,
 
Uchrashuv fotojamlanmasi