fcnasaf.uz

  12 Sep 2018 Yangiliklar, Yoshlar ligasi

Yoshlar ligasi. “Qo‘qon-1912” – “Nasaf” 1:0

Bugun yoshlarimiz ikkinchi bosqichning 23-tur doirasida “Qo‘qon-1912” jamoasi yoshlari bilan, safarda kuch sinashdi.

Uchrashuvni mezbonlar ehtiyotlik bilan boshlashdi. Dastlabki daqiqalarda ular asosan e’tiborni himoyaga qaratishdi va qarshi hujumlarda harakat qilishdi. Yoshlarimiz esa e’tiborni asosan hujumlarga qaratishdi. Bu orqali gol urish uchun ketma-ket vaziyatlarga ega bo‘lishdi. Ayniqsa Xudoyorxon Sagdullayevni jarima maydonchasidan uzoqroqdan amalga oshirgan jarima to‘pi, stadionda yig‘ilgan muxlislarni qattiq hayajonga soldi. Tepilgan to‘p darvoza to‘siniga tegib qaytgan edi. Uning qayta tepgan to‘pi esa noaniq yo‘nalish oldi.

O‘yin shunday davom etayotgan edi. Ammo 28-daqiqada mezbonlarning tashkil etgan hujumi gol bilan yakun topdi. Dastlab Dilshod Baratov yaqin masofadan darvozamizga zarba yo‘lladi, to‘p darvoza to‘siniga tegib qaytdi. Qaytgan to‘pni esa Muslim Qurbonov darvozamizga aniq zarba bilan yo‘naltirdi, to‘p darvoza to‘ridan joy oldi – 1:0.

Yoshlarimiz bugun o‘zlarining eng mazmunli o‘yinlaridan birini o‘tkazdi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Ammo bu hisobda o‘z aksini topmadi. Bugun hattoki birga-bir vaziyatlarda ham futbolchilarimiz darvozaga gol kirita olishmadi.

O‘yindagi hisob o‘zgarmasdan qoldi.

Shunday qilib, yoshlarimiz ikkinchi bosqichni mag‘lubiyat bilan boshlashdi.

Endi yoshlarimiz yana bir uchrashuvni safarda o‘tkazishadi. 21 sentyabr kuni Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi yoshlariga qarshi to‘p surishadi.

Yoshlarimizga bu uchrashuvda omad tilab qolamiz.

Yoshlar ligasi, 23-tur

“Qo‘qon-1912” - “Nasaf” 1:0

12.09.2018. Qo‘qon sh., “Markaziy” stadion. 16:00

Hakamlar: Davronbek Akmalov (Toshkent), Shoxruh A’zamov, Ravshan Kopadze, Oybek A’zamjonov (Farg‘onadan).

Nazoratchi: Radik Seraziddinov (Toshkent).

Gollar: Muslim Qurbonov, 28’-1:0

“Qo‘qon-1912”: 71.Sarvar Karimov, 5.Jasur Yoqubov, 8.Ibrohim G‘ofurov (s), 10.Ibrohim Muxtorov (96.Umid Muhammadaliyev, 80) 11.Muslim Qurbonov (9.Ramz Isaqov, 90), 17.Dilshod Baratov (4.Shukur Mo‘minov,  90+4), 18.Doston Meliqo‘ziyev (14.Ayubxon Abdurahimov, 90+2), 25.Bexruz Sadilloyev, 26.Ismoil Tolipov, 97.Doniyor To‘lashev, 98.Saveliy Abramov (23.Mo‘min Sodiqjonov, 77).

Zaxira: 12.Muhammadali Sobirov, 70.Ibrohim Ahmadjonov.

“Nasaf”: 65.Mashhurjon Muhammadjonov, 4.Jurabek Manonov (s), 6.Xudoyorxon Sagdullayev, 7.Oybek Bozorov (20.Iskandar Shodmonov, 90), 9.Sherzod Temirov (17.Muhriddin Zoirov, 66), 15.Nurbek Botirov,  16.Otabek Komiljonov, 19.Dadajon Mamatqulov (22.Ma’ruf Jumayev, 46), 33.Temur Komiljonov (14.Jahongir Qurbonboyev, 56), 34.Samandar Shukrullayev, 43.Alijon Axmatov (35.Islom Baratov, 37).

Zaxira: 1.Umidjon Ergashev.

Ogohlantirish: Dilshod Baratov (40)  -  Jo‘rabek Mannonov (16).