fcnasaf.uz

  31 Oct 2018 Yangiliklar, Yoshlar ligasi

Yoshlar ligasi. “Nasaf” “Qo‘qon-1912” darvozasiga javobsiz to‘rtta gol kiritdi

Yoshlarimiz bugun 28-tur uchrashuvida “Qo‘qon-1912” jamoasi yoshlari bilan bahslashdi.

Uchrashuv keskin kurashlarga va qiziqarli voqealarga boy bo‘ldi. Dastlabki daqiqalardan maydonda ustunlikka ega bo‘lgan jamoamizning tashkil etgan hujumlari samara bermadi. Shuningdek mehmonlarning ko‘rsatgan o‘yinidan ham ijobiy natijani qo‘lga kiritish niyatida kelganligi sezilib turdi.

Dastlabki bo‘limning 41-daqiqasida mehmonlar himoyachisi to‘pni qo‘li bilan o‘ynadi. Natijada uchrashuv hakami jamoamizga 11 metrlik jarima to‘pi tepishni ko‘rsatdi. Penaltini hujumchimiz Sherzod Temirov bexato amalga oshirib, jamoamizni hisobda oldinga olib chiqdi – 1:0. Hisob ochilgach qolgan daqiqalar asabiy kechdi. Oqibatda o‘zaro tortishib qolgan Firdavs Asadov bilan Jo‘rabek Mannonovlar 42-daqiqada maydondan chetlatildi. Jamoalar maydonda o‘n kishidan bo‘lib qolishdi. 45-daqiqada yaxshi o‘yin ko‘rsatayotgan futbolchimiz Akmal Mozgovoy jarohat olib, o‘z o‘rnini Otabek Komiljonovga bo‘shatib berishga majbur bo‘ldi.

Birinchi bo‘lim ana shu hisobda yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limda ham ikkala jamoa o‘zaro kurashda bo‘sh kelishmadi. Maydonda haqiqiy jang davom etdi. Ammo raqibiga nisbatan ancha tartibli va mazmunli harakat qilgan futbolchilarimiz raqib darvozasiga yana uchta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

76-daqiqada Sherzod Temirov hisobni 2:0ga oshirgan bo‘lsa, 80-daqiqada Ilhomjon Alijonov ham o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. O‘yinning qo‘shib berilgan daqiqasida Sherzod Temirov o‘zining uchrashuvdagi uchinchi golini kiritib, hisobni yirik 4:0ga o‘zgartirdi. Hujumchimiz bu bilan bugun xet-trik qayd etdi. Uchrashuv shu hisob bilan yakuniga yetdi.

Shunday qilib, yoshlarimiz ketma-ket uchinchi g‘alabasini nishonlashdi.

Yoshlarimiz navbatdagi 29-tur uchrashuvini o‘z maydonida o‘tkazadi. 3 noyabr kuni “Neftchi” yoshlari bilan bahs bo‘ladi. O‘rinbosarlarimizga bu uchrashuvda ham omad va zafar tilab qolamiz.

Yoshlar ligasi, 28-tur

“NASAF” – “QO‘QON-1912” 4:0 (1:0)

31.10.2018. Yoshlar qarorgohi maydoni. 15:00da

Hakamlar: Elyor Tursunov (Buxoro), Zufar Eliboyev, Elnur Doniyorov, Jasur Bo‘riyev (yordamchi hakamlar Qarshi)

Nazoratchi: Noil Lutfullin (Toshkent)

Gollar: Sherzod Temirov, pen.42’-1:0, 76’-2:0, 90+1’-4:0,Ilhomjon Alijonov, 80’-3:0.

“Nasaf”: 65.Mashhurjon Muhammadjonov, 4.Jo‘rabek Mannonov (s), 6.Ilhomjon Alijonov, 7.Oybek Bozorov, 9.Sherzod Temirov, 15.Sherzod Nasrullayev, 17.Muhriddin Zoirov (35.Alijon Axmatov, 46), 19.Temur Komiljonov, 20.Akmal Mozgovoy (16.Otabek Komiljonov, 45), 22.Ma’ruf Jumayev (43.Iskandar Shodmonov, 80), 38.Sardor Sa’dullayev.

Zaxira: 14.Abduvohid Ne’matov, 44.Jahongir Qurbonboyev.

“Qo‘qon-1912”: 71.Sarvar Karimov (12.Muhammadali Sobirov, 83), 8.Ibrohim G‘ofurov (s), 10.Ibrohim Muxtorov, 14.Firdavs Asadov, 17.Dilshod Baratov (85.Ibrohimjon Usmonov, 81), 18.Doston Meliqo‘ziyev (4.Shukur Mo‘minov, 81), 23.Bexruz Sadilloyev, 26.Ismoil Tolipov, 70.Sardorbek Isoqov (11.Muslim Qurbonov, 57), 96.Ayubxon Abdurahimov, 98.Saveliy Abramov (9.Ramz Isaqov, 81),

97.Doniyor To‘lashev.

Zaxira:

Ogohlantirish: Sherzod Nasrullayev (39) - Doston Meliqo‘ziyev (90), Dilshod Baratov (42).

Chetlatish: Jo‘rabek Mannonov (42) – Firdavs Asadov (42)