fcnasaf.uz

  17 Aug 2018 Yangiliklar, Yoshlar ligasi

Yoshlar ligasi, 22-tur. “Paxtakor” – “Nasaf” 2:0

Bugun yoshlarimiz 22-tur uchrashuvini safarda “Paxtakor” yoshlariga qarshi o‘tkazishdi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida ko‘proq to‘pga egalik qilib, vaziyatlar yaratgan futbolchilarimiz afsuski darvozaga yo‘l topa olishmadi. Dastlabki bo‘limda hisob ochilmadi.

Ikkinchi bo‘limni maydon egalari faolroq boshlashdi va hujumlarga zo‘r berishdi. Natijada ular himoyachilarimizni xato qilishiga erishdi va 65-daqiqada hisobda oldinga o‘tib olishdi – 1:0.

Uchrashuvning 78-daqiqasida navbatdagi tashkil etilgan hujumda darvozamizga tepilgan to‘pni posbonimiz kutilmaganda qo‘ldan chiqarib yubordi. Vaziyatga yaqin turgan Shoxruhbek Abdurahmonov bu imkoniyatni qo‘ldan chiqarmadi va hisobni o‘zgartirdi – 2:0.

Ushbu hisob futbolchilarimizning ruhiyatiga ham biroz ta’sir qildi. Qolaversa bugungi uchrashuvda zaxira o‘yinchilarimizning kamligi ham vaziyatni o‘nglashga  salbiy ta’sir qildi. Umuman olganda, bugungi uchrashuvda  maydonga tushgan futbolchilarimiz o‘zlarining o‘yini orqali muxlislarda ijobiy taasurot qoldirdi.

Uchrashuv 2:0 hisobida “Paxtakor” yoshlarining ustunligida yakuniga yetdi.

Yoshlarimiz bu yilgi birinchilikning dastlabki bosqichini 6-o‘rinda yakunlashdi.

Yoshlar ligasi, 22-tur

“Paxtakor” – “Nasaf” 2:0 (0:0)

17.08.2018. “Jar” stadioni. 17:15da

Hakamlar: Abdurashid Xudoyberganov, Bekzod Xudoyberganov, Otabek Qosimov, Sultonmurod Abdurahmonov

Nazoratchi: Rashid Aytekov

Komissar: Bahodir Mirzayev

Gollar: Doston Ibragimov, 65’-1:0, Shoxruhbek Abdurahmonov, 78’-2:0

“Paxtakor”: 12.Aleksandr Lobanov (s) (44.Azizxon Isoqov, 90+1), 6.Alisher Salimov (31.Shaxzod Muxtorov, 90), 7.Dian Talxatov, 8.Humoyunmirzo Iminov (3.Diyor Ramozonov, 88), 9.Shoxruh Maxmudxo‘jayev (5.Xojimat Erkinov, 46), 10.Asadbek Sobirjonov (21.Ibrohim G‘anixonov, 90), 14.Sobir Sindarov (4.Tulqin Ergashev, 46), 15.Bobur Asqarov, 17.Doston Ibragimov (29.Muhammad Yuldashev, 75), 28.Georgiy Axmedov, 34.Shoxruhbek Abdurahmonov.

Zaxira:

“Nasaf”: 65.Mashhurjon Muhammadjonov (s), 4.Jo‘rabek Mannonov, 5.Timur Komiljonov, 10.Oybek Bozorov, 15.Sherzod Nasrullayev (14.Alijon Axmatov, 64), 16.Otabek Komiljonov, 17.Muhriddin Zoirov, 22.Ma’ruf Jumayev, 28.Sardor Sa’dullayev, 34.Samandar Shukrullayev, 96.Dadajon Mamatqulov (7.Xudoyorxon Sagdullayev, 46) (18.Iskandar Shodmonov, 68).

Zaxira: 1.Umidjon Ergashev, 19.Jahongir Qurbonboyev.

Ogohlantirish: Humoyunmirzo Iminov  (60), Bobur Asqarov (90) - Sherzod Nasrullayev (48), Samandar Shukrullayev (67), Sardor Sa’dullayev (70).