fcnasaf.uz

  14 Mar 2020 Yangiliklar, "Nasaf"ga oid asosiy habarlar

Voha derbisi. “Surxon” – “Nasaf” 1:2

Kecha Coca-Cola Superligasi 3-tur doirasida “Surxon” hamda “Nasaf” jamoalari kuch sinashishdi. Bellashuv “ajdarlar”ning 2:1 hisobdagi gʻalabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuv keskin kurashlar ostida boshlandi. Vakillarimiz dastlabki daqiqalardanoq toʻp nazoratini oʻz qoʻllariga olishga harakat qilishdi. 8-daqiqada Roʻziqul Berdiyev shogirdlari raqib jarima maydonchasi yonida jarima zarbasiga ega boʻlishdi. Marko Stanoyevichning amalga oshirgan jarima zarbasi maydon egalariga tegib Toʻrayev qoʻriqlayotgan darvoza toʻriga borib tushdi – 0:1. Birinchi boʻlim soʻngiga qadar darvozalarga boshqa toʻp kiritilmadi.

Ikkinchi boʻlimda termizliklar vaziyatni oʻnglash uchun bor kuchlari bilan harakat qilishdi. 53-daqiqada maydon egalari toʻpni burchakdan oʻyinga kiritishdi. Jarima maydonchamiz ichida tartibsizlik yuzaga keldi. Bu vaziyatdan unumli foydalangan Vladimir Bubanya toʻpni darvozamiz tomon yoʻnaltirdi. Toʻp Aleksandr Kasyanning oyogʻiga tegib darvozamiz toʻridan joy oldi – 1:1. Shundan soʻng maydonning har bir qarichi uchun kurash boshlandi. “Ajdarlar” maydon egalarining hujumga oʻtib ketganlaridan foydalanib ularni qarshi hujumda jazolashdi. Marko Stanoyevich Oybek Bozorovni raqib posboni Akbar Toʻrayev bilan birga bir vaziyatga chiqarib yubordi. Bozorov imkoniyatni qoʻldan boy bermadi – 1:2. 77-daqiqada ikkala jamoa vakillari oʻrtasida tushunmovchilik yuzaga keldi. Dahanaki jang tufayli Husniddin Aliqulov ogohlantirilgan boʻlsa, mezbonlar sardori Shavkat Salomov maydondan chetlatildi. 88-daqiqada Islom Kenjaboyev Akbar Toʻrayev bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi. Toʻrayev uni qoʻpollik bilan toʻxtatib qoldi. Uchrashuv hakami Ahrol Risqullayev ikkilanmasdan 11 metrlik jarima nuqtasini belgiladi. Afsuski, Sharof Muhitdinov penaltini golga aylantira olmadi. Voha derbisi 1:2 hisobida oʻz yakuniga yetdi.

“Surxon“ – “Nasaf“ 1:2
13-mart 2020-yil. Termiz. “Surxon“ stadioni. 16:00. 5623 tomoshabin.
Hakamlar: 
Ahrol Risqullayev, Rasuljon Fozilov, Maksim Nexochin, Abdurashid Xudoyberganov
Nazoratchi: Andrey Tambovsev
Komissar: Sherzod Rajabov

Gollar: Marko Stanoyevich 7, — 0:1. Vladimir Bubanya 54, — 1:1. Oybek Bozorov 61, — 1:2.

Amalga oshirilmagan penalti: Sharof Muhitdinov 89 (noaniq)

“Surxon“: 45. Akbar Toʻrayev, 2. Abduqahhor Xojiakbarov, 5. Vladimir Bubanya, 6. Rahmatullo Berdimurodov (27. Aziz Ibragimov, 84), 7. Husniddin Gʻofurov (77. Asror Gʻofurov, 68), 8. Sherzod Karimov (19. Nuriddin Hasanov, 78), 10. Shavkat Salomov (S), 11. Aleksandr Kasyan, 21. Aʼzamjon Aliyev, 32. Jahongir Mehmanov, 44. Darko Stanoyevich.
Zaxira: 1. Asilbek Amanov, 9. Dilshod Jabborov, 15. Muhammadali Nomozov, 17. Sardor Sulaymonov, 66. Behruz Shaydulov, 99. Sarvar Soliyev.

“Nasaf“: 21. Mashhurjon Muhammadjonov, 4. Husniddin Aliqulov, 5. Gʻolib Gʻaybullayev, 7. Dilshod Rahmatullayev (22. Akmal Mozgovoy, 68), 8. Dilshod Saitov, 9. Xaris Dilaver (34. Sherzod Nasrullayev, 72), 14. Sharof Muhitdinov, 20. Islom Kenjaboyev, 77. Oybek Bozorov (18. Javohir Esonqulov, 85), 88. Marko Stanoyevich, 92. Umarbek Eshmurodov.
Zaxira: 13. Azamat Soyibov, 35. Abduvohid Nematov, 10. Bobir Abdixoliqov, 15. Joʻrabek Mannonov, 50. Shoxmalik Komilov, 70. Abubakr-Rizo Turdaliyev.
 
Ogohlantirishlar: Marko Stanoyevich 44, Oybek Bozorov 73, Husniddin Aliqulov 77, Mashhurjon Muhammadjonov 90.
 
Chetlatish: Shavkat Salomov 77.