fcnasaf.uz

  28 Nov 2019 Yangiliklar, Coca-Cola Superligasi - 2019

Ulug‘bek Baqoyev: “G‘alaba qozonishni xohlagan edik”

Coca Cola superligasi 25-tur “So‘g‘diyona” – “Nasaf” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Ulug‘bek Baqoev bo‘lib o‘tgan uchrashuv haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

-    Avvalambor yigitlarga raxmat aytmoqchiman. Bellashuv biz xohlagandek bo‘lib o‘tmadi. Bugun uch xil taktik rejalarni qo‘llab ko‘rdik. Tavakkal qildik. Yutishni xohlagandik, lekin bu futbol. Natija adolatli bo‘ldi deb o‘ylayman. Bugungi bellashuvga tashrif buyurgan barcha muxlislarga o‘z minnatdorchiligimini bildirib qolaman. 

-    Bizda hali imkoniyat bor va biz oxirigacha kurashamiz. Agarda mavsum boshidaga holat bilan solishtiradigan bo‘lsak hozir bizda umuman boshqacha vaziyat. 

-    Ro‘ziqul Berdiyev tartibli inson. “Nasaf” jamoasi ham tartibli o‘yin ko‘rsatishini yaxshi bilar edik. Ularga ham omad tilab qolaman. 

-    “Bunyodkor” jamoasiga qarshi rejaga asosan tayyorgarlik olib boramiz. Mag‘lubiyatga uchramaydigan jamoaning o‘zi yo‘q. G‘alaba uchun maydonga tushamiz. 