fcnasaf.uz

  13 Mar 2020 Yangiliklar, Yoshlar ligasi

U-21. Yoshlarimizdan ketma-ket uchinchi g'alaba

Xabaringiz bor, kecha U-21 yoshlar ligasi 3-tur dastlabki ikki uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Yoshlarimiz 3-turda Surxondaryoning “Surxon” U-21 jamoasi mehmoni boʻlishdi.

Birinchi boʻlim jamoamizning toʻliq ustunligida oʻtdi. Ammo bu ustunlikni hisobda aks ettirishda biroz omad yetishmadi. Uchrashuvning 15-daqiqasida Javohir Hasanovning olis masofadan yoʻllagan zarbasi darvoza ustuniga tegdi. Qaytgan toʻpni mezbonlar himoyachilari oʻz jarima maydonlaridan uzoqlashtirishga erishishdi. Ketma ket hujumlar goh ustundan qaytgan boʻlsa baʼzi vaziyatlarda raqib darvozaboni jamoasi joniga oro kirdi. Birinchi boʻlimda vakillarimiz xar jabhada raqibdan ustun ekanliklarini koʻrsatishdi.

Ikkinchi boʻlim mezbonlar faolligi bilan boshlandi. Jamoamiz qarshi hujumlardan unumli foydalanishga harakat qilishdi. Uchrashuvning 64-daqiqasida tezkor qarshi hujumlarning birida Muhriddin Zoyirov tezlik bilan oldinga bordi va qulay vaziyatda turgan Husayn Norchayevga toʻpni uzatdi. Norchayev chamasi 15-16 metrlardan toʻpni toʻxtatmasdan oyogʻining tashqi qismi bilan raqib darvozasi tomon zarba yoʻlladi va hisob ochildi 0-1. Shundan soʻng vakillarimiz toʻpni nazorat qilishdi. Uchrashuvning soʻngi daqiqalarida raqib darvozasi oldida uyushtirilgan hujum paytida mezbonlar himoyachisi oʻz jarima maydonchasida Javohir Hasanovga nisbatan oʻyin qoidasini buzdi va uchrashuv hakami oʻn bir metrlik jarima nuqtasini belgiladi. Vaziyatdan Jasur Jumayev unumli foydalanib hisobni oshirdi – 0:2. Uchrashuv davomida Alibek Davronov haqida Jasur Jumayevlar himoyadagi oʻzining tartibli oʻyini bilan ajralib turishdi. Uchrashuv soʻngiga qadar hisob oʻzgarmadi.

U-21. “Surxon” – “Nasaf” 0:2

12.03.2020-yil. Surxondaryo. 1852 ta tomoshabin.

“Qiziriq” markaziy oʻyingohi. 15:00.

Bosh hakam: Abdurashid Hudoyberganov

Qanot hakamlari: Jahongir Noraliyev, Anvar Jumayev

Zaxira hakami: Gʻiyos Mamasoatov

Nazoratchi: Andrey Tambosev

OʻzPFL Komissari: Sherzod Rajabov

Gollar: Husayn Norchayev 64ʼ, Jasur Jumayev 90+2ʼ (p).

“Surxon” U-21: 12.Azamat Ahmedov, 3.Mirjalol Annamatov (99.Sarvar Soliyev 46ʼ), 15.Muhammadali Nomozov, 18.Amal Ismatov (4.Fazliddin Toshqulov 70ʼ), 22.Sanjar Ahmedov (24.Otabek Mustafoqulov 70ʼ), 28.Behruz Qulmatov (38.Muhammad Ali Abdurahmonov 70ʼ), 29.Nurmuhammad Nomozov, 34.Kamoliddin Ashurov, 36.Asilbek Temirov, 46.Eldor Toshmurodov (88.Asadbek Hamzayev 46ʼ), 66.Behruz Shaydulov

Zaxira: 16.Jamshid Abdurahimov, 23.Shohrux Yoʻldoshev, 25.Otabek Odiljonov, 71.Asliddin Soibov

“Nasaf” U-21: 13. Azamat Soyibov (S), 2. Alibek Davronov, 6. Murodbek Xoʻjamberdiyev, 19. Husayn Norchayev (41.Mirjalol Qosimov 84ʼ), 25. Muhriddin Zoirov (62.Nodirbek Mukarov 65ʼ), 37. Javohir Shokirov (67.Alpomish Mirov 56ʼ), 40. Javohir Hasanov (43.Olimjon Pirmatov 90+3ʼ), 60. Islombek Baratov (69.Navroʻz Safarov 73ʼ), 61. Jafar Karimov, 70. Abubakr-Rizo Turdialiyev, 71. Jasur Jumayev.

Zaxira: 45. Amirbek Lutfullayev, 42. Ozodbek Rajabov.

Ogohlantirishlar: Kamoliddin Ashurov, Muhammadali Nomozov, Alibek Davronov, Abubak-Rizo Turdaliyev.