fcnasaf.uz

  20 Sep 2020 Yangiliklar, Yoshlar ligasi

U-21. “Nasaf” – “Surxon” 2:1

Bugun yoshlarimiz Superliga U-21 birinchiligi 16-turida termizlik tengqurlarini qabul qilishdi. Uchrashuv yoshlarimizning kichik (2:1) g‘alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuv qiziqarli ruhda boshlandi. Dastlabki daqiqalardanoq vakillarimiz hujumga o‘tishdi. 3-daqiqada raqib jarima maydonchasiga kirib borgan Javohir Hasanovni mehmon jamoa himoyachilari qo‘pollik bilan to‘xtatib qolishdi. Uchrashuv hakami o‘n bir metrlik jarima nuqtasini belgiladi. Ammo Shohmalik Komilov jarima zarbasidan foydalana olmadi. Birinchi bo‘lim so‘ngiga qadar to‘p uchun kurash maydon markazida kechdi. Taym oxirlarida Tinib tinchimagan Javohir Hasanov uchrashuvda hisobni ochishga erishdi – 1:0.

Ikkinchi bo‘lim ham birinchisi kabi qiziqarli ruhda boshlandi. 46-daqiqada Shohmalik Komilov birinchi bo‘limdagi aybini yuvdi. Alpomish Mirovning raqib jarima maydonchasiga uzatgan uzatmasini Komilov raqib darvozasiga joylab qo‘ydi va hisobni 2:0 ko‘rinishga keltirdi. Termizliklar garchi hisobda ortda qolayotgan bo‘lsalarda taslim bo‘lish haqida o‘ylashmadi va vakillarimizni doim sergaklikda ushlab turishdi. Uchrashuvga qo‘shib berilgan qo‘shimcha daqiqalarda Jafar Karimov raqib futbolchisiga nisbatan qo‘pollik qildi va ikkinchi sariq kartochka bilan jazolanib maydonni tark etdi. Jarima zarbasini qoyilmaqom amalga oshirgan Nurmuhammad Nomozov jarima zarbasini golga aylantirdi - 2:1. Uchrashuv shu hisobda yakuniga yetdi.

Coca-Cola Superligasi-2020. U-21. 16-tur.
Qarshi. “Mehnatchi ” stadioni
20.09.2020. 17:00
“Nasaf” – “Surxon” (2:1)

Bosh hakam: Ilya Ilyin
Qanot hakamlar: Artyom Kalinin, Izzat Usmonov
Zaxira hakami: Xusnora Jumayeva
Nazoratchi: Aleksandr Popov
O‘zPFL komissari: Zohid Akramov

Gollar: Javohir Hasanov 41ʼ, Shohmalik Komilov 46ʼ, Nurmuhammad Nomozov 90+2ʼ.

Amalga oshirilmagan penaltiy: Shohmalik Komilov 3ʼ.

“NASAF” U-21: 13. Azamat Soyibov (S) (1. Umidjon Ergashev , 46ʼ), 15. Jo‘rabek Mannonov (44. Navruzjon Saidov, 63ʼ), 36. Jamshid Abdullayev (43. Olimjon Pirmatov, 79ʼ), 37. Javohir Shokirov, 40. Javohir Hasanov, 50. Shohmalik Komilov (41. Mirjalol Qosimov, 63ʼ), 60. Islombek Baratov, 61. Jafar Karimov , 67. Alpomish Mirov (49. Shaxzod Xushvaqtov, 69ʼ), 69. Navruz Safarov, 71. Jasur Jumayev.

Zaxira: 47. Zafar Xakimov, 48. Dilshod Berdiyev.

“SURXON” U-21: 86. Davron Merganov, 3. Mirjalol Annamatov, 13. Dilshod Rashidov , 23. Shohruhbek Yo‘ldoshev, 29. Nurmuhammad Nomozov , 38. Muhammad-Ali Abdurahmonov (28. Behruz Qulmatov, 52ʼ), 39. Asliddin Xonimov, 60. O‘ral Choriyev, 70. Ibroxim Yo‘ldoshev (36. Asilbek Temirov, 49ʼ), 71. Shaxzod Tairov, 88. Asadbek Hamzayev (37. Elyorbek Yusupov, 72ʼ).

Zaxira: 12. Azamat Axmedov.

Ogohlantirishlar: Jo‘rabek Mannonov, Islombek Baratov, Jafar Karimov, Asliddin Xonimov

Chetlatish: Jafar Karimov