fcnasaf.uz

  18 Oct 2019 Yangiliklar, Yoshlar ligasi

U-21. “Nasaf“ - “Andijon“ 3:3

Xabaringiz bor, bugun 18-oktyabrda Coca-Cola Superliga 22-tur uchrashuvlariga start beriladi. Ushbu turda yoshlarimiz “Andijon“ jamoasini qabul qilishdi.

Uchrashuvning dastlabki daqiqalaridanoq vakillarimiz ajoyib hujumlar tashkil qila boshlashdi. Ammo birinchi boʻlimning 12-daqiqasida mehmonlar vakili Jamshidbek Homidov uchrashuvda hisobni ochdi – 0:1. Shundan soʻng yosh “nasafchilar” vaziyatni oʻnglash uchun oldinga tashlanishdi. 40-daqiqada raqib futbolchisi Doniyor Abdumannopov qarshi hujumdan unumli foydalandi va hisobni 0:2 koʻrinishga keltirdi.

Tanaffusda murabbiylardan tegishli koʻrsatmalarni olgan yoshlarimiz ikkinchi boʻlimda birinchi boʻlimdan farqli ravishda anchayin mazmunli oʻyin namoyish etishdi. 47-daqiqada Muhriddin Zoirov oradagi farqni qisqartirdi – 1:2. 60- daqiqada Alibek Davronov jarima maydonchamiz ichida raqib futbolchisiga nisbatan qoʻpollik qildi. Uchrashuv hakami penalti belgilagani uchun norozilik bildirgan Akmal Mozgovoy maydondan chetlatildi. Usmonali Ismonaliyev penaltini bexato amalga oshirdi – 1:3. Jamoamiz aʼzolari maydonda 10 kishi boʻlib qolgan boʻlsalar-da oʻyin tizginini oʻz qoʻllariga olishdi. 66-daqiqada Alisher Yusupov oʻz uslubida jarima zarbasini amalga oshirdi. Uning toʻpni olisdan yoʻllagan kuchli zarbasi raqib darvozasi toʻridan joy oldi – 2:3. 70-daqiqada esa jamoamizning yosh umidli aʼzosi Xusain Norchayev hisobni tenglashtirdi – 3:3. Bellashuv jangovar durang bilan yakunlandi.

18.10.2019 16:00.
U-21 Yoshlar birinchiligi, 22-tur

“Nasaf“ - “Andijon“ 3:3

Gollar: Jamshidbek Homidov 12ʼ, Doniyor Abdumannopov 40ʼ, Muhriddin Zoirov 47ʼ, Usmonali Ismonaliyev 61ʼ (penalti), Alisher Yusupov 66ʼ, Xusain Norchayev 70ʼ.

Bosh hakam: Rustam Choriyev.

Yordamchi hakamlar: Farhod Usmonov, Zufar Eliboyev.

Zaxira hakami: Artyom Kalinin.

Nazoratchi: Sardor Nadjafaliyev.

Komissar: Erkin Baxtiyorov.

“Nasaf”: 21. Mashxurjon Muhammadjonov (65. Azamat Soyibov, 46ʼ), 16. Alisher Yusupov (S), 22. Akmal Mozgovoy, 30. Xudoyorxon Sagʻdullayev (40. Sardorbek Toʻrayev, 65ʼ), 44. Navroʻzjon Saidov (42. Jasurbek Jumayev, 90+2ʼ), 50. Shohmalik Komilov (71. Javohir Xasanov, 87ʼ), 55. Islombek Baratov (60. Shahboz Nuriddinov, 46ʼ), 61. Xusain Norchayev, 62. Alibek Davronov, 70. Muhriddin Zoirov, 77. Abubakr Rizo Turdialiyev (67. Alpomish Mirov, 46ʼ, 33. Javohir Shokirov, 79ʼ)

Zaxira: 43. Olimjon Pirmatov, 69. Navroʻz Safarov.

“Andijon”: 1. Ruslan Matniyazov, 20. Farhodjon Sohibjonov (46. Abduxalil Abdurahimov, 50ʼ), 27. Usmonali Ismonaliyev (S), 33. Doniyor Abdumannopov, 43. Rustamjon Kuchkarov, 45. Mashxurbek Mirzayev (55. Bekzod Burxonov, 84ʼ), 60. Muhammadaziz Ibraximov, 61. Jamshidbek Homidov, 70. Abdullox Olimov, 97. Poʻlatjon Sharifov, 99. Asilbek Azizov.

Zaxira: 35. Asadbek Xakimov, 44. Oyatullo Sobirov.

Ogohlantirishlar: Navroʻzjon Saidov, Shohmalik Komilov, Sardorbek Toʻrayev, Alpomish Mirov.

Chetlatish: Akmal Mozgovoy.