fcnasaf.uz

  07 Mar 2020 Yangiliklar, Yoshlar ligasi

U-21. “Nasaf” – “Andijon” 3:1

Bugun U-21 yoshlar ligasi 2-tur uchrashuvlari boʻlib oʻtdi. Yoshlarimiz 2-turda Andijonning “Andijon” U-21 jamoasini qabul qilishdi.

Birinchi boʻlim jamoamiz ustunligida oʻtdi. 9-daqiqada vakillarimiz toʻpni burchakdan oʻyinga kiritishdi. Raqib darvozasi tomon ketma-ket zarbalar yoʻllandi, biroq bellashuvda hisobni ochish Husayn Norchayevga nasib etdi – 1:0.Shundan soʻng yosh “ajdarlar” raqib jarima maydonchasi atrofida xavfli vaziyatlar sodir eta boshlashdi. 20-daqiqada mehmonlar oʻz jarima maydonchalari ichida Norchayevga nisbatan oʻyin qoidasini buzishdi. Uchrashuv hakami 11 metrlik jarima nuqtasini belgiladi. Javohir Esonqulov vaziyatdan unumli foydalandi – 2:0. 36-daqiqada andijonliklar jarima zarbasiga ega boʻlishdi. Jamoa sardori Nodir Mavlonov jarima zarbasini qoyilmaqom tarzda amalga oshirdi va uchrashuvda hisobni qisqartirdi – 2:1. Jamoalar shu hisobda tanaffusga chiqib ketishdi.

Ikkinchi boʻlimda jamoalar ehtiyotkor oʻyin namoyish etishdi. 70-daqiqada “burgutlar” darvozaboni va himoyachisining toʻpga chiqishda yoʻl qoʻygan xatosidan Javohir Xasanov foydalanib, hisobni 3:1 koʻrinishga keltirdi. Shu tariqa yoshlarimiz oʻzlarining ikkinchi gʻalabalarini tantana qilishdi.

U-21. “Nasaf” – “Andijon” 3:1

07.03.2020-yil. Qarshi. 63 tomoshabin.

“Mehnatchi” oʻyingohi. 17:00.

Bosh hakam: Toʻrabek Suyunov

Qanot hakamlari: Elnur Doniyorov, Artem Kalinin

Zaxira hakami: Zufar Eliboyev

Nazoratchi: Timur Abdullayev

OʻzPFL Komissari: Shoxruh Said

Gollar: Husayn Norchayev 9ʼ, Javohir Esonqulov 20ʼ (p), Nodir Mavlonov 36ʼ, Javohir Xasanov 70ʼ.

“Nasaf” U-21: 13. Azamat Soyibov (S), 2. Alibek Davronov, 6. Murodbek Xoʻjamberdiyev,15.Joʻrabek Mannonov, 18. Javohir Esonqulov, 19. Husayn Norchayev, 37. Javohir Shokirov, 50.Shohmalik Komilov, 60. Islombek Baratov, 70. Abubakr-rizo Turdialiyev, 71. Jasur Jumayev.

Zaxira: 45. Amirbek Lutfullayev, 25.Muhriddin Zoirov, 36. Jamshid Abdullayev, 40. Javohir Xasanov, 42. Ozodbek Rajabov, 43. Olimjon Pirmatov, 61. Jafar Karimov,67.Alpomish Mirov, 69. Navroʻzjon Safarov.

“Andijon” U-21: 71. Islombek Abdullayev, 2. Muhammadali Tursunov, 8. Muhammadaziz Ibrohimov, 20. Asilbek Azizov, 26. Muhammadkarim Toirov, 28. Farhodjon Sohibjonov, 33.Doniyor Abdumannopov, 34. Yursunali Topvoldiyev, 70. Nodir Mavlonov (S) 90. Ozodbek Qaxhorov, 96. Abduhalil Abduraximov.

Zaxira: 13. Muhammadsolih Ubaydullayev, 15. Rustamjon Quchqorov, 19. Shoxruhbek Rahmiddinov, 21. Islombek Mamatkazin, 32. Oyatullo Sobirov, 35. Asadbek Hakimov, 91. Saidjon Muhammadaminov.

Ogohlantirishlar: Alibek Davronov, Shohmalik Komilov, Islombek Baratov, Navroʻzjon Safarov, Asilbek Azizov.