fcnasaf.uz

  16 Nov 2018 Yangiliklar, UFА yangiliklari

Toshkentda "PRO" diplomi bo‘yicha xalqaro murabbiylik kurslari boshlandi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan yurtimizdagi futbol murabbiylarining malakasini oshirish, murabbiylik faoliyatini rivojlanitirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
 
Jumladan, bugun "Chig‘atoy" sport bazasida OFK dasturi asosida "PRO" diplomi uchun xalqaro murabbiylik kurslari boshlandi. O‘quv kurslarining ochilish marosimida O‘FA bosh kotibi Sardor Rahmatullayev, PFL bosh direktori Omon G‘ofurov, FIFA instruktorlari Garri Filips va Badr Ahmad, shuningdek, boshqa rasmiy shaxslar ishtirok etishdi.
 
"O‘zbekistonga yana tashrif buyurganimdan xursandman. FIFA instruktori sifatida yurtingizga uchinchi marta kelishim. O‘FA tomonidan ushbu xalqaro o‘quv kurslarini o‘tkazishda ko‘rsatilayotgan yordam uchun katta minnatdorchilik bildirib o‘tmoqchiman. Men bu yerga shundoq ham o‘z ishini ustasi bo‘lgan murabbiylarni o‘qitish uchun emas, shunchaki o‘z bilimlarim bilan o‘rtoqlashish uchun kelganimni ham ta’kidlab o‘tmoqchiman", - dedi Garri Filips ochilish marosimida so‘zlagan nutqida.
 
"Men ham O‘zbekistonga uchinchi marta kelishim. Lekin FIFA instruktori sifatida birinchi marta tashrif buyurdim. Menga O‘zbekistonda bo‘lish juda yoqadi. Bu yerda hamisha ajoyib muhit hukmron. Men O‘zbekistonning turli terma jamoalari ishtirokini doimo kuzatib boraman", - dedi Badr Ahmad.
 
"PRO" diplomi uchun o‘tkazilayotgan xalqaro murabbiylik kurslarida Ro‘ziqul Berdiyev, Ulug‘bek Baqoyev, Ja’far Irismetov, No‘‘mon Hasanov, Jasur Abduraimov, Hamid Aktamov kabi mashhur mutaxassislar ishtirok etishayotganini ta’kidlab o‘tish zarur.

Manba: ufa.uz