08 Aug 2019 Yangiliklar, Akademiya
Xabaringiz bor, 2004-yilda tavallud topgan tarbiyalanuvchilarimiz “Paxtakor-79” xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro “Xotira qanotlari” turnirda ishtirok etishmoqda. Yosh futbolchilarimiz guruh bosqichida “Yangiyer” (3:2), “Lokomotiv” (4:1) jamoalari ustidan g‘alabaga erishdi. O‘z guruhida 1-o‘rinni olgan yosh “nasafchilar” yarim finalda musobaqa mezboni “Paxtakor” jamoasiga qarshi kuch sinashdi. Asosiy vaqtda uchrashuvda hisob ochilmadi. Futbol lotoreyasi bo‘lmish penaltilar seriyasida omad yosh “ajdarlar”ga kulib boqdi – “Paxtakor” – “Nasaf” 0:0 (penaltilar seriyasida - 3:4). Yoshlarimiz ertaga turnirning finalida U-16 O‘zbekiston terma jamoasiga qarshi maydonga chiqishadi. Eslatib o‘tamiz, U-16 O‘zbekiston terma jamoasi tarkibidan ham 5 nafar “Nasaf” futbol maktabi tarbiyalanuvchilari joy olgan. Final uchrashuvi ertaga, 9 avgust kuni soat 09:00 da “JAR” stadionida bo‘lb o‘tadi.