fcnasaf.uz

  02 Nov 2018 Yangiliklar, Akademiya

Tarbiyalanuvchilarimiz xalqaro musobaqa finalida!

O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi Buxoro viloyati futbol assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda Buxoro viloyatida “Minorai Kalon” xalqaro musobaqasi tashkil etilgan. Musobaqa davom etmoqda.

Ushbu musobaqada 2006-2009 yillarda tug‘ilgan yosh futbolchilardan tarkib topgan mahalliy jamoalar bilan bir qatorda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston mamlakatlaridan tashrif buyurgan jamoalar ham ishtirok etishmoqda.

Musobaqada 2009 yilda tug‘ilgan futbol maktabimizning tarbiyalanuvchilaridan iborat jamoamiz muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Ushbu yoshdagi o‘smir futbolchilarimizga murabbiylarimiz Ozod Berdiyev va Jamshid Azizovlar ustozlik qilishadi.

Jamoamiz «Bunyodkor» klubi tarbiyalanuvchilari bilan yarim finalda bahslashdi. O‘yinning asosiy vaqti 2:2 hisobida yakuniga yetdi. Penaltilar seriyasida tarbiyalanuvchilarimizga omad kulib boqdi va raqibini 3:2 hisobida mag‘lub etib, final  yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Endi tarbiyalanuvchilarimiz finalda «Paxtakor» klubi tarbiyalanuvchilari bilan kuch sinashadi. Final uchrashuvi ertaga, 3 noyabr kuni 11:00da boshlanadi.

Tarbiyalanuvchilarimizga final uchrashuvida ham omad tilab qolamiz.