fcnasaf.uz

  01 Dec 2019 Yangiliklar, Coca-Cola Superligasi - 2019

Tachmurod Agamurodov: “Alamli g‘alabaga erishdik”

Coca Cola superligasi so‘ngi 26-tur “Nasaf” – “Dinamo” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida samarqandliklar ustozi Tachmurod Agamurodov bo‘lib o‘tgan uchrashuv haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Bugun tomoshabinlarga yoqadigan shiddatli o‘yin guvohi bo‘ldik. Yigitlarga rahmat, futbolchilarimiz maydonda bor kuch va imkoniyatlarini ishga solishdi. Biz o‘z vazifamizni juda yaxshi tushunib turgandik va jamoa ko‘rsatmalarni aniq bajarib, kerakli natijaga erishdik. Qarshidagi bahs biz uchun chempionatdagi sal kam hayot-mamot masalasi edi. Shogirdlarim muhim bahsda o‘zlarini ko‘rsata olishdi. Futbolchilarimizdan minnatdorman. Afsuski, barchasi alamli tugadi.

- To‘g‘ri, hozirda nega avvalroq uyg‘onishmadi, oldinroq yaxshi o‘yin ko‘rsatish kerak edi, qabilidagi gaplar yangrashi mumkin. Ammo, futbol shunisi bilan ham qiziq-ki, aksariyat futbolchilar uchun faoliyatidagi eng muhim bahs qachon bo‘lishini hech kim bilmaydi. Biz uchun bu chempionatdagi eng muhim o‘yinga aylangandi. Afsuski, futbolchilarimiz kuchli klub ustidan haqqoniy kurashlar ostida kechgan bahsda haqli g‘alabaga erishishgandi.