fcnasaf.uz

  15 Sep 2018 Yangiliklar, Superliga U-18

Superliga U-18. “Nasaf” “Neftchi”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

Bugun o‘smirlarimiz navbatdagi 12-tur uchrashuvini, o‘z maydonida  Farg‘onaning “Neftchi” jamoasiga qarshi o‘tkazishdi.

Uchrashuvning dastlabki daqiqalaridan ustunlikni o‘z qo‘llariga olgan futbolchilarimiz, raqib darvozasiga ketma-ket hujumlar uyushtirdi. Bu hujumlar samarali yakunlandi.

Dastlabki bo‘limning 5, 7, 11-daqiqalarida Javohir Shokirov uch marta raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Jamoamizning uchrashuvdagi 4 va 5-gollarini 32 va 43-daqiqalarda, Sardor To‘rayev tomonidan kiritildi. Bo‘limning so‘nggi soniyasida Javohir Shokirov o‘zining to‘rtinchi goliga va jamoamizning 6-goliga muallif bo‘ldi. Birinchi bo‘limning o‘zida hisob bundanda yirik bo‘lishi ham mumkin edi. Ammo yaratilgan vaziyatlarda, darvozani aniq nishonga olishda, futbolchilarimizda biroz sovuqqonlik yetishmadi. Uchrashuvning birinchi bo‘limi ana shu hisobda yakunlandi.

Ikkinchi bo‘lim ham jamoamiz ustunligida o‘tdi. Uchrashuvdagi jamoamizning yettinchi golini 50-daqiqada Jasur Jumayev, sakkizinchi golini esa 54-daqiqada Abubakr Rizo Turdaliyevlar kiritishdi. Ikkini bo‘limda maydonga tushgan yana bir golurar o‘yinchimiz Alpomish Mirov, 78 va 80-daqiqalarda gol urib, hisobni juda yirik 10:0ga o‘zgartirdi.

Shunday qilib o‘smirlarimiz ikkinchi davrani o‘ta yirik hisobdagi g‘alaba bilan boshlashdi. Barakalla yigitlar! Bu uchrashuvdan xulosa qilish mumkinki, “Nasaf” klubining kelajagi ishonchli qo‘llarda!

Jamoamiz endi 13-tur uchrashuvini safarda “Buxoro” jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv 22 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Superliga U-18. 12-tur

“NASAF” – “NYeFTChI”  10:0 (6:0)

15.09.2018. Yoshlar qarorgohi maydoni. 17:00da

Hakamlar: Naim Qosimov, Elnur Doniyorov, Farhod Usmonov, Firdavs Norsafarov (barchasi Qarshidan).

Nazoratchi: Shamil Jumayev (Shaxrisabz)

Gollar: Javohir Shokirov, 5’-1:1, 7’-2:0, 11’-3:0, 45’-6:0,  Sardor To‘rayev, 32’-4:0, 43’-5:0, Jasur Jumayev, 50’-7:0, Abubakr Rizo Turdaliyev, 54’-8:0, Alpomish Mirov, 78’-9:0, 80’-10:0

“Nasaf”: 1.Amirbek Lutfullayev (s) (21.Asadullo Polvonov, 61), 4.Navro‘z Saidov (20.Timur Nabiyev, 63), 5.Nurbek Botirov,  6.Yegor Kondratyuk, 8.Sardor To‘rayev (7.Alpomish Mirov, 50), 10.Jamshid Abdullayev (66.Shaxboz Nuriddinov 53),  11.Javohir Shokirov (14.Anvar Hasanov, 56), 15.Abduvohid Ne’matov (16.Jasur Jumayev, 30),  18.Islom Baratov, 22.Abdulla Miyassarov (9.Navro‘z Safarov, 56), 27.Abubakr Rizo Turdaliyev.

Zaxira:.

“Neftchi”: 30.Shoxruhbek Muhammadjonov (s), 3.Shohjahon Ro‘zimatov, 6.Samandar O‘rinboyev, 7.Ollohberdi Ergashev, 9.Asliddin Rahimov (18.Izatillo Komilov, 59), 11.Dilshodbek Umrzoqov (8.Islomjon Ne’matov, 46), 14.Abrorjon Inomov, 17.Boburjon Muqimov, 19.Muhammadqodir Parpiyev, 24.Azizbek Muxtorov, 27.Ozodbek Kamolov.

Zaxira:

Ogohlantirish: Abdulla Miyassarov (32) -  Shohjahon Ro‘zimatov (51), Boburjon Muqumov (67).