fcnasaf.uz

  17 Nov 2018 Yangiliklar, Superliga U-18

SUPERLIGA U-18. “NASAF” MUDDATIDAN AVVAL CHEMPION!

Bugun U-18 jamoamiz 11-tur doirasida “Bunyodkor” jamoasi bilan bahs yuritdi. Agar jamoamiz bugungi uchrashuvda jamoamiz g‘alaba qozonsa, musobaqaning tugashiga bir tur qolganda, muddatilan avval chempionlikni nishonlashi mumkin edi.

Jamoamiz ana shu maqsadni niyat qilgan holda bugun maydonga tushdi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida raqibiga nisbatan  kichik ustunlikka erishgan yoshlarimiz, raqib darvozasiga gol kirita olishmadi. “Bunyodkor” jamoasi himoyada ko‘proq o‘ynadi va xatoga yo‘l qo‘ymadi. Jamoamiz har qancha urinmasin mehmonlar himoyasini buza olmadi.

Dastlabki bo‘limni jamoalar 0:0 hisobida yakunlashdi.

Ikkinchi bo‘limda jamoamiz o‘z hujumlari orqali, “Bunyodkor”   jamoasi darvozasi oldida ketma-ket bosim uyushtia boshladi. Natijada bu o‘z samarasini ko‘rsatdi. 57-daqiqada Yegor Kondratyuk hisobda jamoamizni oldinga olib chiqdi – 1:0. Oradan uch daqiqia o‘tmasdan raqib himoyachisi o‘z jarima maydonchasida futbolchimizni qo‘pollik bilan to‘xtatib qoldi. Uchrashuv hakami jamoamizga penalti tepishni ko‘rsatdi. Penaltini  Shaxboz Nuriddinov aniq amalga oshiribhisobni 2:0ga o‘zgartirdi. Bu hisobdan so‘ng ham yoshlarimiz hujumlarga zo‘r berishdi. 66-daqiqada Alpomish Mirov gol urib, hisobni yirik 3:0 ko‘rinishiga olib keldi. Bu hisobdan ham qoniqmagan jamoamiz o‘yin suratini umuman susaytirishmadi. Bu orqali 88-daqiqada “Bunyodkor” jamoasi darvozasiga to‘rtinchi golni ham kiritishga erishishdi. Bu golni Navro‘z Safarov o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Shunday qilib, turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan jamoamiz bu safar “Bunyodkor” jamoasini yirik 4:0 hisobida dog‘da qoldirdi.

Bu g‘alaba, U-18 jamoamizni musobaqa yakunlanishiga bir tur  qolganda, muddatidan avval chempionga aylantirdi. Endi “Nasaf U-18” jamoamiz bu yil ilk marta o‘tkazilgan ushbu musobqaning birinchi chempioni sifatida tarix sahifalaridan joy oladigan bo‘ldi.

Albatta bu yutuqni qo‘lga kiritishda, murabbiylarimiz Valentin Poddubniy va Sirojiddin Eshqobilovlarning mehnati juda katta bo‘ldi. Tashakkur sizlarga, aziz murabbiylar! 

Yana shuni e’tirof etish kerakki, “Nasaf” futbol maktabi to‘g‘ri yo‘lda bormoqda, maktabimizda har yili ko‘plab ist’edodlar yetishib chiqmoqda. Demak, “Nasaf” klubining kelajagi ishonchli qo‘llarda!

Yosh futbolchilarimiz endi so‘nggi 22-tur uchrashuvini safarda “Paxtakor” jamoasiga qarshi o‘tkazishadi. Uchrashuv 24 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Superliga U-18, 21-tur

“NASAF” – “BUNYoDKOR” 4:0 (0:0)

17.11.2018. Yoshlar qarorgohi maydoni. 15:00da

Hakamlar: Doston Rahmonov (Jizzax), Elnur Doniyorov, Suhrob Sattorov, Naim Qosimov, (barchasi Qarshidan)

Nazoratchi: Shamil Jumayev (Shaxrisabz)

Gollar: Yegor Kondratyuk, 57’-1:0, Shaxboz Nuriddinov, pen. 60’-2:0, Alpomish Mirov, 66’-5:0, Navro‘z Safarov, 88’-4:0

“Nasaf”: 1.Abduvohid Ne’matov, 4.Navro‘z Saidov, 5.Nurbek Botirov (11.Alibek Davronov, 73), 6.Yegor Kondratyuk, 8.Sardor To‘rayev (7.Husain Norchayev, 64), 10.Jamshid Abdullayev (17.Abdulla Miyassarov, 61), 14.Shaxboz Nuriddinov, 16.Jasur Jumayev (s), 18.Islom Baratov, 22.Alpomish Mirov (33.Anvar Husanov, 68), 27.Abubakr Rizo Turdaliyev (9.Navro‘z Safarov, 78).

Zaxira: 31.Amirbek Lutfullayev, 20.Temur Nabiyev.

“Bunyodkor”: 1.Mo‘minmirzo Qodirov (25.Gleb Xarin, 67), 4.Sardor Abdurashidxo‘jayev, 8.Jasurbek Abdulbekov (30.Lazizxon Muydinov, 71), 9.Abdurauf Bo‘riyev (s), 10.Xurshidbek Ubaydullayev (99.Miraziz Usmonov, 84), 11.Otabek Jo‘raqo‘ziyev (21.Igor Dolenko,  82), 19.Farruhbek Muxtorov, 20.Jaloliddin Sodiqov, 28.Javohir Ro‘ziyev (29.Husan Akbarov, 79),  31.Mironshoh Sattorov (16.Ikrom Erkinov, 58), 44.Sardorbek Olimov (2.Abbos Ashuraliyev, 67).

Zaxira:

Ogohlantirish: Shaxboz Nuriddinov (63) - Farruhbek Muxtorov (52), Javohir Ro‘ziyev (59), Otabek Jo‘raqo‘ziyev (61).