fcnasaf.uz

  18 Mar 2018 Yangiliklar, Pepsi Superliga - 2018

Superliga: “Nasaf” safarda “Qizilqum”ni mag‘lub etdi

Superliganing 3-turida “Nasaf” safarda “Qizilqum” jamoasi bilan kuch sinashdi. Qiziqarli va murosasiz kurashlarga boy tarzda kechgan uchrashuvda jamoamiz g‘alaba qozondi.

Bugun jamoamiz odatdagidan boshqaroq tarkibda maydonga tushdi. Tojikistonlik legionerimiz Jahongir Aliyev bugungi uchrashuvning dastlbaki daqiqalaridan maydonda harakat qildi. Shuningdek himoyachimiz G‘olib G‘aybullayev ham uchrashuvni boshidan maydonga tushirildi. Slavko Lukich esa zaxira o‘rindig‘ida qoldirildi. Bugun shuningdek Bobir Davlatov ham uchrashuv qaydnomasiga kiritildi.

Uchrashuvni har ikkala jamoa faollik bilan boshlashdi. Ammo dastlabki gol urish jamoamizga nasib etdi. Birinchi bo‘limning 13-daqiqasida jamoamiz burchak to‘pi tepish huquqini qo‘lga kiritdi. Jasur Hasanov ijrosida amalga oshirilgan burchak to‘pini hujumchimiz Bobir Abduxoliqov boshi bilan darvozaga aniq yo‘llab, hisobni ochdi – 0:1. Bu bilan Bobir Abduxoliqov chempionatdagi ikkinchi golini kiritdi.

Birinchi bo‘limda har ikkala jamoada gol urish uchun imkoniyatlar bo‘lgan bo‘lsada, gol urish hech kimga nasib etmadi.

Ikkinchi bo‘limning 67-daqiqasida yana Jasur Hasanovning standart vaziyatdan uzatgan to‘pini bu safar Slavko Lukich boshi bilan darvoza to‘riga joylab qo‘ydi – 0:2.

Uchrashuvning 71-daqiqasida maydon egalari hisobni qisqartirishga erishdi. Bunda endigina maydonga tushgan, Andrey Sidorov darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi va uzoq burchakni aniq nishonga oldi- 1:2.

Uchrashuvning 83-daqiqasida hisob yirik ko‘rinish olishi mumkin edi. Biroq Islom Rashidxonovdan omad yuz ugirdi. Bu vaziyatda Rashidxonov darvozabonni ham aldab o‘tib, bo‘sh darvozaga zarba berdi. Ammo Akmal Rustamov to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

Shunday qilib, jamoamiz uchun og‘ir va omadli kechgan uchrashuvda muhim  g‘alabani qo‘lga kiritdik. Bu orqali ochkolar sonini 7taga yetkazib, turnir jadvalining birinchi o‘rniga ko‘tarilib oldik.

“Nasaf” Navoiyda “Qizilqum”ni so‘nggi bor 2015 yili xuddi ana shu hisobda mag‘lubiyatga uchratgan edi.

O‘zbekiston Superligasi-2018. 3-tur

“Qizilqum” (Navoiy) – “Nasaf” (Qarshi) 1:2 (0:1)

18.03.2018. “Yoshlar sport majmuasi”. 20:00da

Bosh hakam: Valentin Kovalenko (Toshkent)

Qanot hakamlari: Ruslan Serazitdinov (Toshkent), Alisher Usmonov (Toshkent)

Zaxira hakami: Shuhrat Rajabov (Buxoro).
Nazoratchi: Aleksandr Popov (Toshkent)

Uchrashuv komissari: Aleksey Frolov

Gollar: Andrey Sidorov, 71’-1:2 - Bobir Abduxoliqov, 13’-0:1, Slavko Lukich, 67’-0:2.

“Qizilqum”: 77.Yevgeniy Cheremisin, 4.Erkin Boydullayev (s), 8.Akmal Rustamov, 10.Alisher Sanoyev (9.Xumoyun Abduolimov 85), 11.Doniyor Usmonov (18.Samandar Shodmonov 46), 14.Fayzulla Qambarov, 17.Artur Gevorkyan, 21.Muhsinjon Ubaydullayev, 23.Sherali Jo‘rayev, 30.Elguja Grigalashvili, 84.Nemanya Yovanovich (70.Andrey Sidorov 66).

Zaxira: 1.Erkin Jabborov, 5.Georgi Kvesiyeshvili, 6.Suxrob Yarashev, 7.Nodirxon Kamolov, 16.Alisher Yusupov, 22.Artyom Makosin.

“Nasaf”: 35.Sanjar Quvvatov, 4.Maqsud Karimov (s), 5.G‘olib G‘aybullayev (55.Slavko Lukich 46), 6.Azizjon G‘aniyev, 7.Odiljon Hamrobekov, 10.Bobir Abduxoliqov, 21.Jahongir Aliyev (27.Islom Rashidxonov 46), 22.Igor Golban, 31.Saydullo Rahmatov, 77.Jasur Hasanov (20.Islom Kenjaboyev 77), 92.Umarbek Eshmurodov,

Zaxira: 1.Umidjon Ergashev, 8.Sanjar Rashidov, 14.Sharof Muhitdinov, 18.Bobir Davlatov, 65.Mashhurjon Muhammadjonov.

Ogohlantirishlar: Fayzulla Qambarov (50), Akmal Rustamov (79) – Slavko Lukich (63).