fcnasaf.uz

  06 Jul 2018 Yangiliklar, UzPFL yangiliklari

Superliga klublari marketing va matbuot xizmati hodimlari uchun seminar o‘tkazildi

Joriy yilgi mavsumdan boshlab O‘zbekiston milliy chempionati butunlay o‘zgacha tartibda o‘tkazilmoqda. Tarixda ilk marta chempionatimiz titul homiyga ega bo‘ldi. Qolaversa, Superliga uchrashuvlari oldingi mavsumlar bilan solishtirganda tashkiliy jihatdan ancha yuqori darajada o‘tkazilmoqda, o‘yinlar televideniye orqali keng ko‘lamda efirga uzatilmoqda.

O‘z rivojlanish tarixida yangi bosqichni boshlab olgan O‘zbekiston Professional futbol ligasi yanada yangi loyihalar ustida ish olib bormoqda. Xususan, liga va klublarning homiylar bilan yaqindan ishlashi va o‘yinlarning imkon qadar kengroq yoritilishini ta’minlash maqsadida bugun O‘FA binosida Superliga klublari marketing hamda matbuot xizmati bo‘limi hodimlari uchun seminar tashkil etildi. Unda klublarning reklama hamda marketing sohasida ish faoliyatini yanada yaxshilash, har bir klubning homiy hamda hamkorlar bilan shartnomalar imzolash orqali o‘z harajatlarini qoplash, daromad olishi bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi. Shuningdek, internetda MYCUJOOTVplatformasida Superliga uchrashuvlarini translyatsiya qilishda qanday jihatlarga e’tibor qaratilishi lozimligi tushuntirildi.

Qolaversa, PEPSI Superliga o‘yinlarining matbuot tomonidan yoritilishida zamonaviy ijtimoiy tarmoqlardan keng foydalanish bo‘yicha aniq tavsiyalar berildi.