fcnasaf.uz

  08 Sep 2018 Yangiliklar, UFА yangiliklari

Sherzod Nasrullayev Xitoy darvozasiga eng chiroyli gol kiritdi

Xitoyda o‘tkazilgan xalqaro futbol musobaqasida Jamshid Saidov boshchiligidagi O‘zbekiston U-21 terma jamoamiz g‘olib bo‘ldi. So‘nggi o‘yin Xitoy terma jamoasiga qarshi o‘tkazildi.  

Uchrashuv 1-1 hisobidagi jangovar durang bilan yakunlandi. Uchrashuvdagi o‘zbekistonliklarning goliga Sherzod Nasrullayev mualliflik qildi. Ushbu gol musobaqaning eng chiroyli goli sifatida e’tirof etildi. Gol muallifi – Sherzod Nasrullayev maxsus sovrin bilan taqdirlandi.

Umumiy hisobda 7 ochko to‘plagan yurtdoshlarimiz musobaqa chempioni unvoniga sazovor bo‘lishdi. 2-o‘rin Xitoyga nasib qilgan bo‘lsa, 3 va 4-o‘rinlarni Tojikiston va Myanma terma jamoalari o‘zaro bo‘lib olishdi.

Ushbu musobaqada «Nasaf» jamoamizning besh  nafar futbolchilari qatnashishdi, bular Umidjon Ergashev, Islom Rashidxonov, Ilhom Alijonov,  Sherzod Nasrullayev va Xudoyorxon Sagdullayevlar.