fcnasaf.uz

  02 Jun 2018 Yangiliklar, "Nasaf"ga oid asosiy habarlar

Sardor Nurovni tabriklaymiz!

Bugun “Nasaf” PFK matbuot xizmati xodimi, fotografi Sardor Nurovning tavallud ayyomi kuni. Sardorjon bugun 24 yoshga to‘ldi.

Klubimizning har bir lahzasini tarix sahifalariga muhrlayotgan Sardorjon o‘z ishini yaxshi ko‘radi.

Fotografning birgina olgan surati, ba’zan minglab so‘zlardan ko‘ra ko‘proq, voqelikni hikoya qilib qo‘yishi mumkin. Umuman hayotimizni fotosiz tasavvurga sig‘dirish qiyin. Sardorjon ana shunday sharafli kasbni tanlagan.

Sardor Nurov nafaqat futbol uchrashuvlarida, balki klubimizning barcha tadbirlarida hoziru-nozir.

Klubimiz rahbariyati, futbolchilari, murabbiylari va barcha xodimlari nomidan Sardorjonni bugungi tavallud ayyomi bilan samimiy tabriklaymiz. Unga mustahkam sihat-salomatlik, uzoq umr va bax-saodat tilaymiz. Uning barcha orzu-istaklari ro‘yobga chiqishiga tilakdoshmiz!

Sardorjon tug‘ilgan kun muborak bo‘lsin!

“Nasaf” PFK jamoasi