fcnasaf.uz

  08 Jan 2019 Yangiliklar, "Nasaf"ga oid asosiy habarlar

Sanjarjon tug‘ilgan muborak bo‘lsin!

Bugun “Nasaf” klubining posboni Sanjar Quvvatovning tavallud ayyomi kuni. Sanjar bugun 29 yoshni qarshi oldi.

2016 yilga mavsumdan jamoamiz safida faoliyat yuritayotgan futbolchimiz, o‘zining mazmunli o‘yinlari bilan jamoamiz muxlislarining eng ardoqli o‘yinchisi hisoblanadi. Bugungi kunda posbonimiz milliy terma jamoamiz bilan birga, Osiyo Kubogida ishtirok etish uchun Amirlikda bo‘lib turibdi. Ertaga jamoamiz musobaqadagi ilk uchrashuvini o‘tkazadi. Bu muhim uchrashuvda Sanjar Quvvatovga va boshqa futbolchilarimizga zafar yor bo‘lishini tilaymiz.

Umid qilamizki, terma jamoamiz o‘zining g‘alabasi bilan nafaqat Sanjarni, balki barchamizni xursand qiladi.

Fursatdan foydalanib, Sanjar Quvvatovni bugungi tug‘ilgan kuni bilan klubimiz rahbariyati, murabbiylari, futbolchilari va barcha xodimlari hamda jamoamiz muxlislari nomidan qizg‘in tabriklaymiz!

Sanjarga avvalo mustahkam sog‘lik, uzoq umr va baxt saodat tilaymiz. Doimo futbol ishqibozlarining eng sevimli o‘yinchilaridan biri bo‘lib yurishiga tilakdoshmiz.

Tug‘ilgan kun muborak bo‘lsin Sanjarjon!

“Nasaf” PFK jamoasi