fcnasaf.uz

  05 Feb 2019 Yangiliklar, "Nasaf"ga oid asosiy habarlar

Sanjar Quvvatovga omad tilaymiz!

“Nasaf” tarkibida 2016 yildan buyon faoliyat yuritgan mohir darovozabonimiz Sanjar Quvvatov,  2019 yilgi mavsumdan “Paxtakor” klubi sharafini himoya qiladigan bo‘ldi.

Sanjar Quvvatov jamoamizdagi faoliyati mobaynida  chempionatimizning bronza, kumush medallari va O‘zbekiston Superkubogi sohibi bo‘ldi.

O‘zining mehnatsevarligi, xushmuomalasi, odamiyligi va yaxshi xulqi bilan jamoamizda hurmatga sazovor bo‘ldi.

Eng muhimi o‘zining yorqin o‘yinlari bilan nafaqat klubimiz yutuqlariga munosib hissasini qo‘shdi, balki muxlislarning ham e’tibori va e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

Sanjar Quvvatov haqida qancha iliq gaplarni gapirsak ham kamlik qiladi. Posbonimiz yangi, 2019 yilgi mavsumdan Toshkentning “Paxtakor” klubi sharafini himoya qiladi.

Klubimiz rahbariyati, murabbiylari, futbolchilari va barcha muxlislar nomidan, barchasi uchun Sanjarga katta tashakkur bildiramiz.

Uning yangi klubidagi faoliyatiga va keyingi ishlariga ulkan zafarlar tilaymiz. Futbolchi sifatidagi barcha orzulari amalga oshishiga tilakdoshmiz.

Sanjar Quvvatovga omad tilaymiz!

“Nasaf” PFK jamoasi