fcnasaf.uz

  13 Sep 2018 Yangiliklar, Pepsi Superliga - 2018

Ro‘ziqul Berdiyev: “Qo‘qonda hamisha shunday qiziq o‘yin bo‘ladi”

Bugun bo‘lib o‘tgan “Qo‘qon-1912” – “Nasaf” (1:1) uchrashuvidan so‘ng matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Matbuot anjumanining dastlabki qismida jamoamiz ustozi Ro‘ziqul Berdiyev va bugungi uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi Bobir Abduxoliqovlar ishtirok etishdi.

Ro‘ziqul Berdiyev: - Bugun ochiq o‘yin bo‘ldi. Har ikki jamoada ham golga tortadigan vaziyatlar ko‘p bo‘ldi. Bugungi rejamiz asosan himoyaga e’tibor qilib,  qarshi hujumda o‘ynash edi. Penalti bo‘lgan vaziyat ham qarshi hujum mevasi edi. So‘nggi daqiqalarda Sharof Muhiddinov vaziyatdan foydalanganda g‘alaba qozonishimiz ham mumkin edi.

Bobur Davlatov penaltini aniq amalga oshira olmagan bo‘lsa-da, bugun yaxshi o‘ynadi. Lekin uning salohiyati yuqori. O‘yindan oldingi mashg‘ulotlarda Bobur Davlatov penaltilarni yaxshi tepgani bois bugun unga ishonch bildirgandik. Lekin bu safar uning omadi kelmadi. Yana shuni qo‘shimcha qilish mumkinki, “Qo‘qon-1912” jamoasi bilan hamisha o‘yinlarimiz ochiq va qiziqarli bo‘ladi. Har ikki jamoa hujumkor o‘yin ko‘rsatadi. Menimcha o‘yin muxlislarga manzur bo‘ldi.

Bobur Abduxoliqov: - Bugungi o‘yinda murabbiylarimizning ko‘rsatmalarini to‘liq bajarishga harakat qildik. O‘yin chiroyli bo‘ldi. Qarshidan kelib bizga dalda bo‘lgan muxlislarga ham rahmat aytamiz.