fcnasaf.uz

  18 Mar 2018 Yangiliklar, Pepsi Superliga - 2018

Ro‘ziqul Berdiyev: “Qizilqum” juda tajribali jamoa”

“Qizilqum” – “Nasaf” (1:2) uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida dastlab jamoamiz ustozi Ro‘ziqul Berdiyev ishtirok etdi.

-Xabaringiz bor bugungi bellashuvga OChL musobaqasida  uzoq safardan qaytib, Navoiyga kelgandik. Ochig‘ini aytaman, yo‘l azobi bugungi bellashuvimizga ta’sir o‘tkazishidan biroz xavotirda edim. Shu bois tarkibda bir qator o‘zgarishlarni amalga oshirishga majbur bo‘ldim. Lekin shogirdlarim o‘zlarida kuch topa olishdi va g‘alaba uchun kurashishdi. Taktik ko‘rsatmalarimizni ham to‘g‘ri bajarishdi va shuning evaziga uch ochkoni qo‘lga kiritdik. Ushbu o‘yindan keyin jamoamizga qisqa tanaffus e’lon qildik. Tarkibimizdagi bir qator futbolchilar olimpiya terma jamoasiga yo‘l olishadi.

Dragan Cheran? U Qatardagi o‘yinda jarohatini yangilab oldi. Hozir davolanish bilan band. Rejamiz bo‘yicha “Persepolis” o‘yiniga qadar safimizga qaytishi kerak.

“Qizilqum” juda tajribali jamoa. O‘tgan ikki turdagi mag‘lubiyat bularga qattiq ta’sir qilgani aniq edi. Shu bois bugun bizga jiddiy qarshilik ko‘rsatdi. Qaysidir ma’noda omadimiz ham keldi. Chunki ular yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalanganda, hisob boshqacha bo‘lishi ham mumkin edi. Jamoa yuqorida aytganimdek ancha tajribali. Bugun Gevorkyan ham jarohatdan qaytib, ilk marta maydonga tushdi. Jamoaning g‘alabali o‘yinlari oldinda, deb o‘ylayman.