fcnasaf.uz

  28 Aug 2019 Yangiliklar, Coca-Cola Superligasi - 2019

Ro‘ziqul Berdiyev: “O‘z o‘yinimizni namoish qila olmadik”

Coca Cola superligasi 18-tur “Qo‘qon-1912” – “Nasaf” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida jamoamiz ustozi Ro‘ziqul Berdiyev bo‘lib o‘tgan uchrashuv haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. 

- Himoyada juda qo‘pol xato qildik. Raqibni o‘rgangan vaqtimizda Qo‘qonliklar standart vaziyatlardan unumli foydalanishlarini yaxshi bilardik. Futbolchilarga jarima maydonchamiz atrofida iloji boricha qoidani buzmaslik lozimligini ta’kidlagan edim. Lekin baribir men xavfsiragan narsa bo‘ldi. Himoyachimiz qo‘pollik ishlatishi natijasida raqibimizda imkoniyat bo‘ldi va Holmuhammedov vaziyatdan unumli foydalandi. Buning natijasida mag‘lubiyatga uchradik. Tan olishimiz lozim hujum chizig‘imizda ham muammolar kuzatildi. Hujumchilarimizda yaqqol golli vaziyatlar bo‘lmadi.