fcnasaf.uz

  23 Jul 2018 Yangiliklar, Pepsi Superliga - 2018

Ro‘ziqul Berdiyev: “Ishtiyoq evaziga g‘alabaga erishdik”

PEPSI Superliga 18-turidan o‘rin olgan  “Nasaf” – “Qo‘qon-1912” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida jamoamiz ustozi Ro‘ziqul Berdiyev va bugungi uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi deya, e’tirof etilgan hujumchimiz Bobir Abduxoliqovlar ishtirok etishdi.

Ro‘ziqul Berdiyev: - Bugun natija uchun o‘ynadik, bu natija biz uchun juda muhim edi. G‘alabadan xursandmiz, g‘alaba bilan barcha muxlislarimizni ham tabriklayman. Endi o‘yinga to‘xtaladigan bo‘lsam, bugun tezkor o‘yin bo‘lmadi, ob-havoni ham ko‘rib turibsizlar, himoyada bexato harakat qildik va ko‘proq vaziyatlarga ega bo‘ldik. Tartibli va natija uchun harakat qilganimiz evaziga bugun g‘alaba qozondik. Raqibmiz juda jiddiy edi, tarkib jihatidan ham “Qo‘qon-1912” jamoasi bizdan kuchliroq edi. G‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq kuchli edi va  bunga erishdik. Muxlislarimizni bugungi g‘alaba bilan tabriklaymiz.

Biz besh o‘yindirki, g‘alaba qozona olmayotgan edik. G‘alaba  biz uchun juda zarur edi. Ahvolni futbolchilarimiz ham tushunib turishibdi. Hamma bizdan g‘alaba kutayotgan edi. Yigitlarga rahmat, o‘zlari ham bir-birlariga ruhan dalda bo‘lishdi. Futbolchilarimizda ishtiyoq kuchli, to‘g‘ri ba’zan sovuqqonlik yetishmayapti. Ammo ishonamanki, mana shunday o‘yinlar orqali albatta mahorat ham keladi. Harakatdan va intilishdan to‘xtamasligimiz kerak. Keyingi o‘yinga ham tayyorlikni bugun kiyinish xonasidan boshladik. Bizni yana jiddiy o‘yin kutib turibdi. Bo‘lajak o‘yinga ham puxta tayyorlanamiz va g‘alaba uchun maydonga tushamiz.

Amirjon Safarov haqida? Safarov ham sekin asta o‘yinlarimizga kirishib  borayapti, unga keyingi o‘yinlarda ham ishonishda davom etamiz. Biz hamma o‘yinchilarimizga ishonch bildiramiz. Ya’ni maydonga tushishga imkon beramiz. Safarovning bugungi o‘yini yaxshi chiqdi. Bunga o‘zlaringiz ham guvox bo‘ldilaringiz.

Azizjon G‘aniyevni maydonga tushirmayotganimizga asosiy sabab, uni jarohatini yangilab olishidan xavotirdamiz. U nafaqat jamoamizga balki terma jamoamizga ham kerak, oldimizda terma jamoamizni Osiyo o‘yinlari kutib turibdi. Nasib etsa, G‘aniyevning yordami hali bizga ko‘p asqotadi.