fcnasaf.uz

  21 Apr 2018 Yangiliklar, Pepsi Superliga - 2018

Ro‘ziqul Berdiyev: “Durang bizni umuman qoniqtirmadi”

Bugun bo‘lib o‘tgan “Qo‘qon-1912” – “Nasaf” (0:0) uchrashuvidan so‘ng matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Matbuot anjumanining dastlabki qismida jamoamiz ustozi Ro‘ziqul Berdiyev va bugungi uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi Jasur Hasanovlar ishtirok etishdi.

Ro‘ziqul Berdiyev:- G‘alaba qozonish uchun bugun yaxshi imkoniyatlarga ega bo‘ldik. Ayniqsa so‘nggi daqiqalarni guvohi bo‘ldingiz, hujumchimizga gol urish uchun tajriba yetishmadi. Biz bugun asosan e’tiborni himoyaga qaratib, qarshi hujumlarda harakat qildik. Durang natija bizni umuman qoniqtirmadi. Aslida bugun g‘alabaga mos o‘yin namoyish etgan edik. Bugun qarshi hujumlardan samarali foydalanishni maqsad qilgandik. Ammo tashkil etgan hujumlarimizda so‘nggi nuqtani qo‘ya olmadik.

Bugun balki bizning o‘yinimizda shiddat yetishmagandir. Ammo keyingi o‘tkazayotgan ketma-ket qiyin o‘yinlarimiz, futbolchilarimizni ham toliqtirib qo‘ymoqda. Albatta har bir o‘yinda 90 daqiqa shiddatli o‘yin namoyish etish og‘ir. Balki bugungi o‘yinimiz ham shunday ko‘ringan bo‘lishi mumkin. Ammo biz bugun raqibga nisbatan ko‘proq vaziyatlar yaratdik.

“Qo‘qon-1912” jamoasida ishlayotgan murabbiylar ham o‘z jamoasini yaxshi shakllantirgan, o‘yinlari ham yildan yilga kuchayib bormoqda. Albatta buni e’tirof etish kerak. Bugungi raqibimiz ancha jiddiy edi. Yana qo‘shimcha tarzda shuni aytamanki, bu yil hamma o‘yinlar og‘ir kechmoqda, oddiy o‘yinlar deyarli qolmadi. Bundan xursand ham bo‘lish kerak. Yana takror aytaman bugun biz ancha mazmunli o‘yin ko‘rsatdik. G‘alabaga juda yaqin bo‘ldik.

Dragan Cheran ayni paytda jarohati tufayli bizga yordam bera olmayapti. Cheran bilan biz, umuman boshqa jamoamiz. Uning mahorati bizga juda  kerak. U hozir davolanmoqda. Keyingi o‘yinda u maydonga qaytsa, bizga ancha yengil bo‘ladi.

Jasur Hasanov: – Bugun o‘yin yaxshi bo‘ldi. Muxlislar chiroyli o‘yin guvohiga aylanishdi. Qo‘qonga g‘alaba uchun kelgandik. Lekin futbolda durang va mag‘lubiyatlar bo‘ladi. Keyingi bahsda g‘alaba qozonish uchun harakat qilamiz.