fcnasaf.uz

  27 Sep 2019 Yangiliklar, O'zbekiston Kubogi

Ro'ziqul Berdiyev: "Chempionga munosib qarshilik ko'rsatdik"

Coca-Cola O'zbekiston kubogi 1/2 final doirasidagi  “Paxtakor” – “Nasaf” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida jamoamiz ustozi Roʻziqul BERDIYEV boʻlib oʻtgan bellashuv haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Paxtakor” oxirgi oʻyinlarda deyarli hech kimdan bu qadar jiddy qarshilik koʻrmagan boʻlsa kerak, bugun jamoam chempionga jiddiy qarshilik koʻrsatdi deb ayta olaman. Faqat 30, 40-daqiqalardagi diqqatni yoʻqotishimiz natijasida 2ta gol oʻtkazib yubordik. Biz albatta kutgandik, Masharipovning hujumlarini Cheranning ikkinchi chiziqdan hujumga qoʻshilishini, ammo baribir xatoga yoʻl qoʻydik va magʻlub boʻldik.

Chempionlar ligasi yoʻllanmasini qoʻlga kirita olmasligimiz men uchun fojia emas, sababi mavsum boshida bunday tarkib bilan “Nasaf”ni hamma Superligada jon saqlash uchun kurashadi deb oʻylagan edi, ammo bunday boʻlmadi. Chempionlar ligasi uchun kurashishga jamoam tayyor emas, kamida Cheran, Masharipovdek futbolchilar kerak bizga, oʻzingiz guvohi boʻldingiz, oʻtgan “Buxoro” bilan oʻyinda ham koʻplab vaziyatlar yaratdik ammo foydalana olmadik, “Qizilqum” bilan oʻyinda ham aynan shu sabab ochko yoʻqotdik.

Jamoamiz agarda yangi marralarni koʻzlasa, hozirgi tarkibni olib qoladi albatta, bu futbolchilar bilan hali uzoq yillik shartnomalarimiz bor. Bu tarkibni ushlab qolib, shakllantirgan holatda, kuchli futbolchilarni ham jalb etsak, keyin biz bemalol OCHL haqida oʻylay olamiz. Shunday boʻlishi ham kerak, chunki “Nasaf” ham “Paxtakor” singari xalqimizning sevimli jamoasiga aylanib ulgurdi. Bizdan hamma natija kutadi. Magʻlub boʻlgan oʻyinlarda oʻzimni “Real Madrid” bosh murabbiyidek his qilaman. “Nasaf” doim medal olishi kerak, kubok yutishi kerak, jamoamizga mana shunday talablar bor muxlislar tomonidan.