fcnasaf.uz

  01 Nov 2019 Yangiliklar, Coca-Cola Superligasi - 2019

Ro‘ziqul Berdiyev: “Bellashuv durangga mos bo‘ldi”

Coca Cola Superliga 23-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Nasaf” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida “Nasaf” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev va PFL tomonidan uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan hujumchi Bobir Abduxoliqov ishtirok etib, jurnalistlarning savollariga javob berishdi.

Ro‘ziqul Berdiyev: - O‘yin yuqori saviyada o‘tdi. Muxlislarning qo‘llab-quvvatlashlari har ikki jamoa futbolchilariga ruhiy quvvat bag‘ishlab, bahs keskin kurashlarga boy hamda shiddatli tarzda kechdi. Xavfli vaziyatlar mezbonlarga qaraganda, bizda ko‘proq bo‘ldi. O‘shanda gol urganimizda, g‘alaba qozonishimiz ham mumkin edi. Ammo “Navbahor” darvozaboni O‘tkir Yusupov juda yaxshi o‘yin namoyish etib, 3ta xavfli vaziyatda jamoasi darvozasini muqarrar goldan saqlab qoldi.

O‘z darvozamizdan to‘p o‘tkazib yuborganimizdan keyin ham yigitlar oxirigacha kurashishdi va yakunda durangga erishishga muvaffaq bo‘ldik.

Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar ham o‘yinni kuchaytirishga yordam berishdi. Har ikki jamoa a'zolari ham bugun yaxshi o‘yin namoyish etishdi va uchrashuv durangga mos bo‘ldi.

Ushbu durang natija, ya'ni safardagi bir ochko ham biz uchun muhim. Albatta yutqazib turib, durangga erishish “Nasaf” kabi yosh jamoa uchun ijobiy natija va keyingi bahslarda ham yaxshi o‘yin namoyish etishga harakat qilamiz.

Shuningdek, “Navbahor”muxlislariga ham o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Ularga jamoamizning o‘yini manzur bo‘ldi va uchrashuv yakunlanganidan so‘ng, bizni olqishlar ostida kuzatib qo‘yishdi.
“Nasaf” tarkibini ko‘plab tajribali futbolchilar tark etishgani bois. klub rahbariyati tomonidan asosan yosh jamoani shakllantirish vazifasi qo‘yilgandi. Ammo yigitlar birinchi davra uchrashuvlarida yaxshi o‘yin namoyish etishdi hamda ishtaha ovqat paytida keladi, deganlaridek, endi medallar uchun kurash olib borish imkoniyati ham yuzaga keldi.

Oldinda yana 3ta o‘yin qoldi va ularning ikkitasini o‘z maydonimiz va bittasini Jizzaxda o‘tkazamiz. O‘sha bahslarda maksimal natijaga erishamiz, degan umiddaman.
Birinchi davradagi “Navbahor” hozirgisidan kuchli edi, menimcha. Boisi, Qarshidagi o‘yinda o‘z darvozamizdan to‘p o‘tkazib yuborib, keyinchalik vaziyatni o‘nglashga intilgan bo‘lsak-da, buning uddasidan chiqa olmagandik.

Bugun esa buni amalga oshira oldik.

Bundan tashqari, ikkinchi davra bahslarida “Navbahor”ning hujum chizig‘ida muammolar yuzaga keldi va adashmasam, namanganliklar bugungi gol bilan 2-davra o‘yinlaridagi 3-gollarini urishdi. Oldingi gollar esa standart vaziyatlardan urilgandi. Raqibimizning hujum chizig‘idagi muammolariga o‘zimiz ham o‘yin davomida guvoh bo‘ldik.

O‘zbekiston olimpiya terma jamoamizdagi futbolchilarning saviyasi va o‘yini Eron va Koreya futbolchilarinikida aslo qolishmaydi.

Buni olimpiyachilarimiz ishtirokidagi o‘yinlar ham isbotladi. Olimpiya terma jamoamizning Olimpiada – 2020 saralash bahslari doirasidagi guruhidan teng kuchga ega bo‘lgan 3ta jamoa o‘rin olgan. Bo‘lajak bahslarda olimpiyachilarimizga omad yor bo‘lishini tilayman.

“So‘g‘diyona” klubining lisenziya talablarini bajargan yoki bajarmaganligi xususida biror narsa deya olmayman, ammo OFKning o‘ziga yarasha talablari bor. Bunga stadion, maydon sifati, mehmonxonalar kiradi.

Bularning barchasi hisobga olinadi. Aks holda. OFK lisenziya bermaydi. Qaysi jamoa loyiq bo‘lsa, OChLda o‘sha jamoaning o‘ynagani ma'qul, menimcha.

“Nasaf”haqida ayrimlar ijtimoiy tarmoqlarda salbiy fikrlarni yozishyapti. Albatta kimdir jamoamizni yoqtirmasligi mumkin. Lekin aniq bilaman, “Nasaf” halol o‘yini bilan nafaqat Qashqadaryo, balki butun mamlakatimizda mehr va hurmat qozondi.Buni esa ayrim insonlarning fikriga ko‘ra, yo‘qotishni istamaymiz. Biz hech qachon muxlislarni aldamaganmiz hamda bundan keyin ham aldamaymiz.
Mevali daraxtga tosh otiladi.

Jamoamiz yosh va ular kelajagimiz. Bu futbolchilar bilan to‘g‘ri ish olib borilsa, yaqin vaqtda o‘z mevasini beradi.
Halol o‘yin namoyish etganligimiz bois, butun O‘zbekistonda hurmat qozonganmiz.

Kimlardir jamoamiz va mening obro‘yimga putur yetkazishga harakat qilmoqda. Kimdir halol o‘yin o‘ynaganligimizdan shubha qilsa, qo‘l ostimda o‘ynagan hamda ayni paytda to‘p surayotgan futbolchilardan bu haqda so‘rasin. Muxlislarga shuni yetkazishni istardimki, “Nasaf” doimo halol o‘ynagan va shunday tarzda davom etadi.
Kimlardir jamoamizni ko‘rolmaydigan bo‘lsa, bunday yo‘llar bilan harakat qilmasin.

“Nasaf”ga nisbatan muxlislar fikri buzilmasin.

Bobir Abdixoliqov: - Har ikki jamoada ham g‘alaba qozonish imkoniyati bor edi. Lekin uchrashuv durang hisobida yakunlandi O‘z navbatida bizni qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Keyingi bahslarda ularning ishonchlarni oqlashga intilamiz.

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining saralash bahslari borasida to‘xtaladigan bo‘lsam, barcha jamoalarda guruhdan chiqish imkoniyati bir xil. Faqat barchasi tayyorgarlikka bog‘liq. Guruhimizdan teng kuchga ega jamoalar o‘rin olishgan. Biz ulardan qo‘rqmaymiz, faqat hurmat qilamiz. Faqatgina maydonga tushib, shuni isbotlash qoldi, xolos.