fcnasaf.uz

  06 Mar 2019 Yangiliklar, "Nasaf"ga oid asosiy habarlar

R.Berdiyev: “Yangi mavsumni intizorlik bilan kutayapmiz”

Superliga bahslari boshlanishiga ham sanoqli kunlar qoldi. Jamoamiz 1-turda Samarqandda “Dinamo” jamoasi mehmoni boʻlishadi. Jamoamiz bosh murabbiyi Roʻziqul BЕRDIYEV ushbu oʻyin haqida klub matbuot xizmatiga oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.

- Yangi mavsum arafasida turibmiz, jamoamiz mavsumga qanday tayyorgarlik bilan kelmoqda?

- Oʻzimiz ham mavsum boshlanishini intizorlik bilan kutmoqdamiz. Yangi mavsumga tayyorgarlikni imkon darajasida yaxshi olib bordik, deb oʻylayman. Bir necha kun oldin olimpiya terma jamoasiga taklif qilingan futbolchilarimiz ham safimizni toʻldirishdi. Jamoa bilan butun eʼtiborimizni 9 mart kuni “Dinamo” bilan boʻlib oʻtadigan uchrashuvga qaratganmiz. Qanchalik bu Mavsumga tayyor ekanligimizni shu uchrashuvda koʻrsatishga harakat qilamiz.

- “Dinamo” jamoasi bilan boʻlib oʻtadigan uchrashuv haqida ikki ogʻiz fikringiz.

- Yuqorida aytib oʻtganimdek hozir bor eʼtiborimizni “Dinamo” bilan boʻlib oʻtadigan uchrashuvga qaratganmiz. Jamoa tarkibidagi oʻyinchilar orasida yosh va tajribali oʻyinchilar bor. Bu yangi jamoa. Bu jamoa hali oʻz soʻzini aytadi.