fcnasaf.uz

  13 Mar 2020 Yangiliklar, "Nasaf"ga oid asosiy habarlar

Prevyu. “Surxon” – “Nasaf”

13-mart kuni Coca-cola Superligasi 3-turiga start beriladi.

“Ajdarlar” Coca-cola Superligasi 3-turida Termizning “Surxon” jamoasi mehmoni boʻladi.

“Surxon” – “Nasaf” uchrashuvi 13-mart juma kuni Termizdagi “Surxon” stadionida boʻlib oʻtadi. Uchrashuv soat 16:00da boshlanadi.

Oʻzaro uchrashuvlar tarixidan

Mazkur klublar Oʻzbekiston chempionatida shu kungacha 18 bor kuch sinashishgan. Natijalar “ajdarlar” ning ustunligini koʻrsatmoqda. Boʻlib oʻtgan 14 uchrashuvda “Nasaf”, 1 oʻyinda esa “Surxon” gʻalabaga erishgan. 3 uchrashuvda durang natijasi qayd etilgan.

Toʻplar nisbati 45:14 ga teng. Ustunlik “Nasaf” tarafida.

Oʻzaro uchrashuvlarda qayd etilgan eng yuqori hisoblar quyidagicha: “Nasaf” – “Surxon” 5:0, “Surxon” – “Nasaf” 3:1.

Jamoamiz soʻnggi oʻzaro uchrashuvni oʻtgan yili 27-iyul kuni Termizda oʻtkazgan. Bu uchrashuv 1:3 hisobida yakunlangan.

Termizdagi oʻzaro bahslarga oid

Ushbu jamoalar shu paytgacha Termizda 9 bor kuch sinashishgan. 5 uchrashuvda jamoamiz gʻalaba qozongan. 3 uchrashuvda durang qayd etilgan va 1 bir uchrashuvda mezbonlar gʻalaba qozonishgan. Darvozalarga jami 36ta toʻp kiritilgan. Toʻplar nisbati 14:22.

Eʼtiboringizga, Termizda boʻlib oʻtgan soʻnggi besh uchrashuvning natijalarini havola qilamiz.

27.07.2019 Surxon–Nasaf 1:3

23.10.2004 Surxon–Nasaf 0:5

02.11.2003 Surxon–Nasaf 1:2

30.06.2002 Surxon–Nasaf 2:3

10.06.2001 Surxon–Nasaf 2:4