fcnasaf.uz

  05 Mar 2021 Yangiliklar, "Nasaf"ga oid asosiy habarlar

Prevyu. O‘zbekiston Superkubogi. "Paxtakor" - "Nasaf"

O’zingizga ma’lum, jamoamiz uchun yangi mavsum 6-mart, shanba  kuni boshlanadi. “Ajdarlar” shu kuni Samarqandda Toshkentning “Paxtakor” jamoasi bilan O”zbekiston Superkubogi uchun kurashadi. Ushbu bahs soat Samarqanddagi “Dinamo” stadionida 16:00 da start oladi.

Ushbu jamoalar Superkubok doirasida 2016 yili Toshkentda “Bunyodkor” stadionida kuch sinashgan. Artur Gevorkyanning yagona goli evaziga vakillarimiz O’zbekiston Superkubogini qo’lga kiritishgan. 

Mazkur bahsni Vadim Agishev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Ruslan Serazitdinov va Timur Gaynulin yordam berishadi. Zaxira hakami vazifasini esa Rahimbek Karimov bajaradi. Uchrashuv nazoratchisi Bobur Haydarov bo‘lsa, Jahongir Rahmatullayev komissar etib tayinlangan.

Quyidagi havola orqali O'zbekiston Superkubogi-2016 "Nasaf" - "Paxtakor" uchrashuvini yodga olishingiz mumkin: https://www.youtube.com/watch?v=0FNONYXZf5s