fcnasaf.uz

  28 Oct 2019 Yangiliklar, Coca-Cola Superligasi - 2019

Prevyu. “Navbahor” – “Nasaf”

29 oktyabr kuni Coca-cola Superligasi 23-turiga start beriladi.

“Nasaf” Coca-cola Superligasi 23-turida Namanganda “Navbahor” jamoasi mehmoni bo‘ladi.

“Navbahor” – “Nasaf” uchrashuvi 31 oktyabr payshanba kuni Namangan shahridagi “Markaziy” o‘yingohida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soat 18:00da boshlanadi.

O‘zaro uchrashuvlar tarixidan

Mazkur jamoalar O‘zbekiston chempionatida shu kungacha 45 bor kuch sinashishgan. Natijalar “ajdarlarning” ustunligini ko‘rsatmoqda. Bo‘lib o‘tgan 22 uchrashuvda “Nasaf”, 12 o‘yinda esa “Navbahor” g‘alabaga erishgan. 11 uchrashuvda tomonlar murosa ko‘chasini tanlashgan.
To‘plar nisbati 76:62 ga teng. Ustunlik “Nasaf” tarafida.
O‘zaro uchrashuvlarda qayd etilgan eng yuqori hisoblar quyidagicha: “Nasaf” – “Navbahor” 6:0, “Navbahor” – “Nasaf” 6:0.
Jamoamiz so‘nggi o‘zaro uchrashuvni shu yilning 12 aprel kuni Qarshida o‘tkazgan. Bu uchrashuv 0:1 hisobida yakunlangan.

Namangandagi o‘zaro bahslarga oid

Ushbu jamoalar shu paytgacha Namanganda 22 bor kuch sinashishgan. 9 uchrashuvda maydon egalari g‘alaba qozonishgan. 9 uchrashuvda durang qayd etilgan va 4 uchrashuvda vakillarimiz g‘alaba qozonishgan. Darvozalarga jami 66 ta to‘p kiritilgan. To‘plar nisbati 42:24.

E’tiboringizga, Namanganda bo‘lib o‘tgan so‘nggi besh uchrashuvning natijalarini havola qilamiz.

07.04.2018    Navbahor    –    Nasaf    0:0
25.11.2017    Navbahor    –    Nasaf    1:0
11.06.2016    Navbahor    –    Nasaf    2:2
10.05.2015    Navbahor    –    Nasaf    1:1
06.04.2014    Navbahor    –    Nasaf    1:0