fcnasaf.uz

  08 May 2019 Yangiliklar, "Nasaf"ga oid asosiy habarlar

Prevyu. “Nasaf” – “Qizilqum”

10-may kuni Coca-Cola Superligasi 8-turiga start beriladi.

“Ajdarlar” Coca-Cola Superligasi 8-turida Navoiyning “Qizilqum” jamoasini qabul qilishadi.

Bu jamolara o`rtasidagi har bir uchrashuv muxlislar o`rtasida kata qiziqishlarga sabab bo`lgan.

“Nasaf” – “Qizilqum” uchrashuvi 10-may kuni Qarshi “Markaziy” stadionida bo`lib o`tadi. Uchrashuv soat 18:50da boshlanadi.

O`zaro uchrashuvlar tarixidan

Mazkur klublar oliy ligada shu kungacha 40 bor kuch sinashishgan. Natijalar jamoamizning ustunligini ko`rsatmoqda. Bo`lib o`tgan 24 uchrashuvda “Nasaf”, 7 o`yinda esa “Qiziliqum” g`alabaga erishgan. 9 uchrashuvda during natijasi qayd etilgan. To`plar nisbati 74:43ga teng. Ustunlik “Nasaf” tarafida. O`zaro uchrashuvlarda qayd etilgan eng yuqori hisoblar quyidagicha: “Nasaf” – “Qizilqum” 7:1, “Qizilqum” – “Nasaf” 3:1. Jamoamiz so`ngi o`zaro uchrashuvni 2018 – yil 10-noyabrda Navoiyda o`tkazgan. Bu uchashuv 2:0 xisobida yakunlangan.

Qarshidagi o`zaro baxslarga oid.

Ushbu jamoalar shu paytgacha Qarshida 20 bor kuch sinashishgan. 16 uchrashuvda jamoamiz g`alaba qozongan. Bir marotaba navoiyliklar Qarshida g`alaba qozonishgan. Qolgan uch uchrashuvda kuchlar teng kelgan. Darvozalarga jami 65ta to`p kiritilgan. To`plar nisbati 49:16.

E’tiboringizga, Qarshida bo`lib o`tgan so`ngi besh uchrashuvning natijalarini havola qilamiz.

02.10.2018

Nasaf

Qizilqum

4:2

13.07.2018

Nasaf

Qizilqum

0:0

30.09.2017

Nasaf

Qizilqum

2:0

08.05.2016

Nasaf

Qizilqum

2:0

16.04.2015

Nasaf

Qizilqum

3:1

Eslatib o`tamiz, ushbu jamoalarning yoshlari ertaga (09.05.2019) “Geolog” stadionida kuch sinashishadi. Uchrashuv 17:15 da boshlanadi.