fcnasaf.uz

  17 Nov 2017 Yangiliklar, "Nasaf"ga oid asosiy habarlar

Prevyu: “Nasaf” - “Paxtakor”

Futbol ishqibozlarini 19 noyabr kungi 29-tur doirasidagi qiziqarli va hayajonli o‘yinlar kutib turibdi. Jumladan, turning markaziy uchrashuvi – yil o‘yini deya ta’rif berilayotgan uchrashuv Qarshida, “Markaziy” stadionda bo‘lib o‘tadi. Shu kuni “Nasaf” Toshkentning “Paxtakor” jamoasi bilan bahslashadi. Ushbu uchrashuv taqdiri bu yilgi chempionatda kumush medal egasini aniqlab berishi mumkin.

Bu ikki jamoa o‘rtasidagi uchrashuvlar doimo keskin va shiddatli kechgan. Bu jamoalar qayerda o‘ynamasinlar doimo qizg‘in va chiroyli futbol ko‘rsatishadi.

Navbatdagi uchrashuvning ahamiyati esa ancha yuqori.

O‘zPFL 29-tur

“Nasaf” (Qarshi) - “Paxtakor” (Toshkent)

19.11.2017. “Markaziy” stadion. 14:00da

Bosh hakam: Zokirjon Qodirov (Navoiy)

Qanot hakamlari: Obid Jumayev (Navoiy),  Ruslan Samandarov (Navoiy)

Zaxira hakami: Shuhrat Rajabov (Buxoro).

Nazoratchi: Alisher Abdullayev (Toshkent)

O‘zPFL vakili: Bobur Haydarov.

Bu yilgi kubok bahslarining har ikkala uchrashuvida ham  “sherlar”ni taslim qilgan “ajdarlar”, Toshkentda bo‘lgan chempionat uchrashuvida imkoniyatni boy berishgan.

“Nasaf” - “Paxtakor” jamoalari bu safar chempionatdagi o‘zaro 42-uchrashuvda maydonga tushadilar.

O‘zaro uchrashuvlar tarixidan

Mazkur jamoalarning o‘zaro uchrashuvlari tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, shu paytgacha ular 41 marta o‘zaro kuch sinashganlar. Shulardan 23tasida “sherlar” g‘olib bo‘lishgan, 10ta uchrashuvda g‘olib aniqlanmagan. Qolgan 8 uchrashuvda “ajdarlar” g‘alaba nashidasini surishgan.  To‘plar nisbati esa 32-59ni tashkil qilmoqda. Ustunlik “Paxtakor” tomonida. Durang natijalarning ko‘pi Qarshida qayd etilgan. “Ajdarlar” o‘z tarixida “Paxtakor” ustidan 2002 yilgi chempionatda eng yirik 4:0 hisobida ustun kelishgan. “Paxtakor” ham shu yili o‘z maydonida, xuddi shu hisobda g‘alaba qozongan.  

O‘zaro o‘yinlarda “Nasaf” 34 ochkoni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, “Paxtakor”  79 ochkoga ega bo‘lgan.

Qarshida o‘tkazilgan o‘zaro uchrashuvlar

Ushbu jamoalar Qarshida bungacha 20 marta chempionat uchrashuvlarida tuqnash kelishgan. Shularning 7tasida “Nasaf” g‘alaba qozongan, “Paxtakor” esa 6 marta g‘alabaga erishgan, qolgan 7 uchrashuvda murosa ko‘chasi tanlangan. Qarshidagi uchrashuvlarda darvozalarga jami 37ta to‘p kiritilgan. To‘plar nisbati bo‘yicha ustunlik “Nasaf” tomonida 20:17. “Paxtakor” so‘nggi bor Qarshida 2015 yili g‘alaba qozongan – 0:1

Qarshidagi so‘nggi o‘zaro besh uchrashuv natijasi

19.08.2016. “Nasaf” – “Paxtakor”  2:1

04.11.2015. “Nasaf” – “Paxtakor”  0:1

01.06.2014. “Nasaf” – “Paxtakor”  1:1

20.09.2013. “Nasaf” – “Paxtakor”  1:1

19.10.2012. “Nasaf” – “Paxtakor”  0:2

“Nasaf” o‘tgan yilgi chempionatda o‘z maydonida “Paxtakor”ni 2:1 hisobida  mag‘lub etgan edi. Ushbu uchrashuvdagi jamoamiz gollariga Igor Golban va Dragan Cheranlar mualliflik qilishgan. Jamshid Iskandarov esa jamoamiz gollariga penaltidan  javob qaytargan.

“Paxtakor” jamoasining to‘purarlari haqida

“Paxtakor” jamoasi futbolchilari joriy chempionatda raqiblari darvozasini 44 marta ishg‘ol qilishdi va o‘z darvozasidan 24ta to‘p olib chiqishgan. Ushbu 44ta to‘p 16 nafar futbolchi tomonidan kiritilgan. Bir uchrashuvda “Paxtakor” raqibi futbolchisi o‘z darvozasiga gol kiritib qo‘ygan. Ayni paytdagi jamoa to‘purari Igor Sergeyev hisoblanadi, u 13 marta gol kiritgan. Ikkinchi o‘rinda yarim himoyachi Tiago Bezerra (Braziliya) bormoqda, u 4ta to‘p kiritgan. Vladimir Kozak, Suhrob Nurullayev va  Marko Simichlar (Serbiya) hisobida 3tadan to‘p bor.

Ushbu jamoalarning o‘rinbosarlari o‘rtasidagi uchrashuv 18 noyabr shanba kuni Sputnik qo‘rg‘onidagi yoshlarimiz qarorgohi maydonida soat 14:00da boshlanadi.

“Nasaf”  o‘z muxlislari bilan faxrlanadi!

“Nasaf” klubimizning sodiq va jonkuyar muxlislari juda ko‘p. Bunday muxlislarimiz jamoamizni xoh safar, xoh uy uchrashuvlari bo‘lsin yaqindan qo‘llab-quvvatlab kelishmoqda. Biz shunday muxlislarimiz bilan doimo faxrlanamiz!

Navbatdagi “Paxtakor”ga qarshi uchrashuvda ham klubimiz ishqibozlaridan juda katta narsa talab qilinadi. Ular bu uchrashuvda har qachongidan faol bo‘lishlari, jamoamizning o‘n ikkinchi o‘yinchisi sifatida dalda bo‘lishlari zarur bo‘ladi.

“Nasaf” o‘z muxlislari uchun o‘ynaydi!

Shunday ekan, barcha jamoamiz muxlislarini har qachongidan faol bo‘lishlarini va “Markaziy” stadionimizga tashrif buyurib, chiroyli ishqibozlik qilishlariga taklif etib qolamiz.