fcnasaf.uz

  10 Apr 2019 Yangiliklar, "Nasaf"ga oid asosiy habarlar

Prevyu. “Nasaf” – “Navbahor”

12 aprel kuni Coca-cola Superligasining 4 turiga start beriladi.

“Ajdarlar” Coca-cola Superligasi 4 turida Namanganning “Navbahor” jamoasini qabul qiladi.

Bu jamoalar oʻrtasidagi har bir uchrashuv shiddatli va kutilmagan natijalarga boy boʻlgan. Shuningdek bu jamoalar bir-birlari uchun ashaddiy raqib boʻlib kelgan.

“Nasaf” – “Navbvhor” uchrashuvi 12 aprel juma kuni Qarshi “Markaziy” stadionida boʻlib oʻtadi. Uchrashuv soat 19:15da boshlanadi.

Oʻzaro uchrashuvlar tarixidan

Mazkur klublar oliy ligada shu kungacha 44 bor kuch sinashishgan. Boʻlib oʻtgan 22 uchrashuvda “Nasaf”, 11 oʻyinda esa “Navbahor” gʻalabaga erishgan. 11 uchrashuvda durang natijasi qayd etilgan.

Toʻplar nisbati 76:61ga teng. Ustunlik “ajdarlar” tarafida.

Har ikki jamoaning oʻzaro oʻyinlardagi eng yirik gʻalabasi - 6:0.

Ertaga jamoalarning oʻrinbosarlari “Geolog” stadionida kuch sinashishadi. Uchrashuv 16:30 da boshlanadi.

12 aprel kuni boʻlib oʻtadigan turning markaziy uchrashuviga jamoamizning barcha muxlislarini chorlab qolamiz!

Quyidagi havola orqali “Nasaf” - “Navbahor” uchrashuvi promorolikini tomosha qilishingiz mumkin:

https://youtu.be/RI1NEdfUkrQ