fcnasaf.uz

  08 Mar 2020 Yangiliklar, "Nasaf"ga oid asosiy habarlar

Prevyu. “Nasaf” – “Andijon”

6-mart kuni Coca-cola Superligasi 2-turiga start berildi.

“Ajdarlar” Coca-cola Superligasi 2-turida Andijonning “Andijon” jamoasini qabul qiladi.

“Nasaf” – “Andijon” uchrashuvi 8-mart yakshanba kuni Qarshi shahridagi “Markaziy” oʻyingohida boʻlib oʻtadi. Uchrashuv soat 17:00da boshlanadi.

Jamoamiz muxlislari stadionga ertaroq tashrif buyurib, chempionat ochilishiga bagʻishlangan konsert dasturlarida ishtirok etishlari mumkin. Bayram tadbirlari 15:00 da boshlanadi.

Oʻzaro uchrashuvlar tarixidan

Mazkur jamoalar Oʻzbekiston chempionatida shu kungacha 38 bor kuch sinashishgan. Natijalar “ajdarlarning” ustunligini koʻrsatmoqda. Boʻlib oʻtgan 24 uchrashuvda “Nasaf”, 6 oʻyinda esa “Andijon” gʻalabaga erishgan. 8 uchrashuvda tomonlar murosa koʻchasini tanlashgan.

Toʻplar nisbati 88:46 ga teng. Ustunlik “Nasaf” tarafida.

Oʻzaro uchrashuvlarda qayd etilgan eng yuqori hisoblar quyidagicha: “Nasaf” – “Andijon” 8:1, “Andijon” – “Nasaf” 6:0.

Jamoamiz soʻnggi oʻzaro uchrashuvni o'tgan yili 19-oktyabr kuni Qarshida oʻtkazgan. Bu uchrashuv 3:0 hisobida yakunlangan.

Qarshidagi oʻzaro bahslarga oid

Ushbu jamoalar shu paytgacha Qarshida 19 bor kuch sinashishgan. 17 uchrashuvda jamoamiz gʻalaba qozongan. 1 uchrashuvda durang qayd etilgan va 1 uchrashuvda mezbonlar gʻalaba qozonishgan. Darvozalarga jami 82 ta toʻp kiritilgan. Toʻplar nisbati 63:19.

Eʼtiboringizga, Qarshida boʻlib oʻtgan soʻnggi besh uchrashuvning natijalarini havola qilamiz.

19.10.2019
Nasaf – Andijon 3:0

28.04.2016

Nasaf – Andijon 3:0

12.03.2015

Nasaf – Andijon 3:1

01.10.2014

Nasaf – Andijon 3:0

22.04.2012

Nasaf – Andijon 4:0