fcnasaf.uz

  07 Sep 2018 Yangiliklar, UzPFL yangiliklari

PFL 2019 yilgi mavsumga tayyorgarlikni shu oydan boshlaydi

Pepsi Superligasi va Pro-Liga klublari 2019 yilgi mavsumga tayyorgarlikni hozirdanoq boshlaydi.

Odatda futbol klublariga tegishli bo‘lgan infratuzilmalar yangi mavsum starti oldidan ko‘zdan kechirib chiqilgan. Ba’zida stadionlar talabga javob bermasa ham, vaqt tig‘izligi hisobidan nailoj jamoalarga chempionatda ishtirok etish uchun ruxsat berilgan.

Professional futbol ligasi Superliga va Pro-Liga klublarini ikki oy muqaddam yozma ravishda ogohlantirgan bo‘lib, unga ko‘ra sentabr—oktabr oylarida barcha jamoalar PFL komissiyasi tekshiruvidan o‘tishi kerak edi. Bunda akademiya, stadion, baza va boshqa bir qator masalalar yuzasidan xulosa beriladi. Oldindagi yarim yil ichida mavjud kamchiliklar bartaraf etilmasa, u qanday klub bo‘lishidan qat’iy nazar jiddiy choralar ko‘riladi.

Hozir birlamchi maqsad chempionlik yoki legioner futbolchilar hisobiga kuchayib olish emas, infratuzilmaga e’tibor qaratish bo‘lishi kerak. Bungacha ham aytilganidek, “Paxtakor”, “Lokomotiv”, “Nasaf”, AGMK va “Qizilqum” futbol klublarining maydoni talabga javob beradi. Qolgan klublar esa buning ustida jiddiy ish olib borishi shart. Shuningdek, futbol akademiyasiga ega bo‘lmagan klublar aynan sentabr oyida bu boradagi rejasini taqdim etishi lozim. 2019 yilgi mavsumdan boshlab klublarning akademiyaga qancha mablag‘ sarf etayotgani masalasi jiddiy nazorat qilinadi. Akademiyasiga ega bo‘lmagan klublar talab etilayotgan mablag‘ni o‘z akademiyasini qurish uchun yo‘naltiradi.

Futbol klublari bilishi lozimki, uchrashuvlar teletranslyatsiyasi masalasida ham monitoring bo‘ladi. Har bir stadion bu boradagi talablarga hurmat bilan yondoshishi shart. Ayniqsa, futzal klublari to‘p surayotgan zallar va undagi uchrashuvlarni televideniye orqali ko‘rsatish masalasi bunda alohida o‘rin tutadi.

Manba: pfl.uz