fcnasaf.uz

  23 Jul 2018 Yangiliklar, Pepsi Superliga - 2018

Pepsi Superliga. Uzoq kutilgan g‘alabaga erishdik

Bugun jamoamiz o‘z maydonida “Qo‘qon-1912” jamoasi  bilan bahs yuritdi. Besh uchrashuvki g‘alaba qozona olmayotgan “ajdarlar”, bugun uzoq kutilgan g‘alabaga erishdilar. Bu g‘alabani barcha kutayotgan  edi. Bugun ketma-ket muvaffaqiyatsizliklarga chek qo‘yildi. Jamoamiz katta ishtiyoq evaziga g‘alaba qozondi.

O‘yin haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, birinchi  bo‘limda jamoamiz raqibiga nisbatan ustunlikka erishdi, vaziyatlar yaratildi, ammo gol urish hech kimga nasib etmadi.

Ikkinchi bo‘limda ham jamoamiz katta ishtiyoq bilan harakat qildi va hujumkor o‘yin namoyish etdi. Futbolchilarimiz gol urish yana imkoniyatlarga ega bo‘lishdi. Ammo yana muvaffaqiyatsizlik. Uchrashuvning 66-daqiqasiga kelib, bari-bir hujumchimiz Bobir Abduxoliqov o‘zini ko‘rsatdi. U tezlik bilan jarima maydoniga kirib bordi va darvozaga zarba yo‘lladi, to‘p darvoza to‘ridan joy oldi – 1:0.

Ushbu goldan so‘ng jamoamiz raqibga oldinga o‘tishga imkon berdi. “Qo‘qon-1912” jamoasi ham gol urish uchun imkoniyatlarga ega bo‘ldi. Ammo himoyadagi tartibli harakat va posbonimiz Sanjar Quvvatovning mahorati, raqibimizning harakatlarini puchga chiqardi.

G‘alaba uchun intilish, shuningdek maydondagi tartibli harakatlar, bugungi g‘alabamizga asosiy omil bo‘ldi.

Shunday qilib, “Qo‘qon-1912” jamoasi bu safar ham Qarshidan  “quruq” qaytishga majbur bo‘ldi.

Jamoamiz navbatdagi tur uchrashuvini ham o‘zmaydonida o‘tkazadi. 28 iyul kuni Olmaliqning “AGMK” jamoasini qabul qilamiz.

Pepsi Superliga. 18-tur

“NASAF” - “QO‘QON 1912” 1:0 (0:0). 2108 tomoshabin

23.07.2018. “Markaziy” stadion. 21:00da

Bosh hakam: Zokir Qodirov (Navoiy)

Qanot hakamlari: Ruslan Samandarov (Navoiy), Obid Jumayev (Navoiy)

Zaxira hakami: Rustam Lutfullin (Toshkent)

Nazoratchi: Marat Ismoilov (Toshkent)

Komissar: Roman Chernikov.

Gol: Bobir Abduxoliqov, 66’-1:0

“Nasaf”: 35.Sanjar Quvvatov, 4.Maqsud Karimov (s), 5.G‘olib G‘aybullayev, 7.Odiljon Hamrobekov, 10.Bobir Abduxoliqov (30.Xudoyorxon Sagdullayev, 90+3), 14.Sharof Muhitdinov, 15.Dilshod Saitov, 18.Bobir Davlatov (27.Islom Rashidxonov, 58), 20.Islom Kenjaboyev (9.Amirjon Safarov, 58), 31.Saydullo Rahmatov, 92.Umarbek Eshmurodov.

Zaxira: 1.Umidjon Ergashev, 65.Mashhurjon Muhammadjonov, 6.Azizjon G‘aniyev, 17.Doniyorjon Narzullayev, 28.Xurshidbek Muxtorov, 38.Akmal Mozgovoy.

“Qo‘qon-1912”: 1.O‘tkir Yusupov, 4.Bahodir Akramov, 5.G‘iyosjon Komilov, 10.Javohir Siddiqov, 15.Oybek Rustamov (11.Firdavs Asadov, 71), 17.Quvondiq Ro‘ziyev (55.Darko Gojkovich, 61), 22.Murod Xolmuhammedov (s), 23.Aleksandr Merzlyakov, 65.Marko Milich, 70.Jasurbek Hakimov, 96.Muhammadanas Hasanov (19.Suhrob Berdiyev, 43).

Zaxira: 71.Sarvar Karimov, 41.Saveliy Abramov, 78.Behruz Sadulloyev, 79.Iqboljon Malikjonov.

Ogohlantirish: Islom Kenjaboyev (28) – Oybek Rustamov (59), Jasurbek Hakimov (63)