fcnasaf.uz

  09 Aug 2018 Yangiliklar, UFА yangiliklari

Odil Hamrobekov: “Osiyo o‘yinlariga tayyormiz”

Bugun Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlariga jo‘nab ketadi. Ushbu safar oldidan terma jamoa bosh murabbiyi ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi. Matbuot anjumanida Odil Hamrobekov ham ishtirok etdi.

- Har bir professional o‘yinchi tanaffussiz o‘ynashga tayyor bo‘lishi shart. Chunki bu bizning kasbimiz. Tanaffussiz klubda va terma jamoada to‘p surayotgan bo‘lsak-da, yetarli darajada tiklanishga ulgurmoqdamiz. Shu sabab Osiyo o‘yinlariga jismonan va ruhan tayyor holatda yo‘l olyapmiz.