fcnasaf.uz

  27 Jun 2017 Yangiliklar, "Nasaf"ga oid asosiy habarlar

OAV xodimlarini kasb bayrami tabriklaymiz!

27 iyunь – mamlakatimizda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni keng nishonlanadi. Bu kun o‘zlarining og‘ir va mashaqqatli, shu bilan birga, sharafli kasbi bilan xalqimizni axborot bilan ta’minlashda faoliyat yuritayotgan hurmatli jurnalistlarimizning, matbuotchilarimizning  bayrami.

Har sohada bo‘lgani kabi futbol o‘yinlarini, futbolchilar va klub faoliyatini ommaga etkazishda OAV roli juda katta. Aynan bu soha xodimlarining sa’i-harakatlari, mehnatlari tufayli millionlab futbol ishqibozlari yangiliklardan, ma’lumotlardan bahramand bo‘lishadi.

Bugungi kunda “Nasaf” futbol klubi bilan ham ko‘plab OAVlari hamkorlik qilib kelishadi. Ular klubimiz faoliyati haqida yangiliklarni keng ommaga etkazib berishda katta hajmdagi ishlarni amalga oshirib kelishmoqda. Albatta biz bunday hamkorlikdan mamnunmiz. Bunday hamkorlarimizga nisbatan doimo qo‘limiz ko‘ksimizda.

Fursatdan foydalanib, “27 iyunь – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” munosabati bilan klubimiz nomidan barcha televideniya va radio, nashriyot, jurnalistika va matbaa sohasi xodimlarini bugungi kasb bayrami bilan samimiy tabriklaymiz! Ularning faoliyatiga kattadan – katta muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

“Nasaf” PFK 