fcnasaf.uz

  29 Oct 2017 Yangiliklar, Uzbekiston Birinchiligi

O‘zbekiston birinchiligi. “Nasaf-2” o‘z maydonida “Xotira-79”ni mag‘lub etdi

Bugun “Nasaf-2” jamoamiz o‘z maydonida “Xotira-79” jamoasini qabul qildi. Uchrashuvda jamoamiz yirik 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Keyingi muvaffaqiyatsizliklardan turnir jadvalining xavfli xududiga tushib qolgan jamoamiz, bugun g‘alaba qozonishi talab etilar edi.

Ana shunday maqsadda maydonga tushgan futbolchilarimiz oldilariga qo‘yilgan vazifani muvaffaqiyatli ado etishdi.

Uchrashuvdagi hisob 13-daqiqada Samandar Shukrullayev tomonidan ochildi. Bu to‘pga mehmonlar 18-daqiqadayoq javob qaytarishdi 1:1. Uchrashuvning 39-daqiqasida Xudoyorxon Sagdullayev jamoamizni yana hisobda oldinga olib chiqdi-2:1.

Birinchi bo‘limning qolgan daqiqalarida ham futbolchilarimiz ko‘plab golli vaziyatlarni yarata olishdi, ammo birinchi bo‘limda darvozalarga boshqa gol kiritilmadi.

Ikkinchi bo‘limda jamoalar ochiq futbol namoyish qilishdi. Qanday bo‘lmasin hisobni tenglashtirishni maqsad qilgan mehmonlar ham gol urish uchun imkoniyatlarga ega bo‘lishdi. Ammo bu vaziyatlarda himoyachilarimiz bexato harakat qilishdi.

Uchrashuvning 79-daqiqasida Xudoyorxon Sagdullayev yana bir marta “Xotira-79” jamoasi darvozasini ishg‘ol qildi va hisobni 3:1ga o‘zgartirdi.

Uchrashuv ana shu hisobda yakuniga yetdi.

Shunday qilib, “Nasaf-2” jamoamiz bu turda raqibi ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi.

O‘zbekiston Birinchiligi 35–tur

“Nasaf-2” (Qarshi) – “Xotira-79” (Uychi) 3:1 (2:1)

29.10.2017. “Nasaf” FM maydoni. 15:50          

Bosh hakam: Dauletbay Jalimov (Toshk.vil.)

Qanot hakamlari: Maxmud Turdiyev (Jizzax), Feruz Dostonov (Jizzax)

Zaxira hakami: Ravshan Abduvoxidov (Qarshi)

Nazoratchi: Elbek Musayev (Samarqand).      

Gollar: Samandar Shukrullayev, 13’-1-0, Xudoyorxon Sagdullayev, 39’-2:1, 67’-3:1 – Rahmonjon Urinov, 18’-1:1

“Nasaf-2”: 21.Amir Lutfullayev, 5.Sherzod Nasrullayev, 6.Jahongir Halimov, 7.Navro‘zjon Izatillayev (s), 10.Xudoyorxon Sagdullayev (14.Alpomish Mirov 90+1), 15.Shaxboz Erkinov (8.Shohmalik Komilov 60),   19.Muhriddin Zoirov (38.Orif Murodov 65), 27.Mirzabek Joniqulov (22.Elbek Otaqulov 81), 32.Otabek Komilxonov, 33.Shoxruh Ne’matov (31.Farruh Absalomov 74), 42.Samandar Shukrullayev.

Zaxira: 25.Elshod Qodirov, 45.Jasur Jumayev.

“Xotira-79”: 32.Dilxush Muyiddinov (6.Shaxzodbek Saminjonov 46), 3.Sanjar Toshpo‘latov, 4.Bobirjon Mamajonov (40.Alisher Paxritdinov 46), 8.Sarvar Safarov (7.Hasanjon Teshaboyev 69), 9.Rustam A’zamov (s), 10.Sardor Telyakov, 11.Fozilbek Dexqonov, 12.Shaxzodjon Ma’murjonov, 13.Rahmonjon Urinov, 14.Xondamir Yuldashev, 19.Shukur Jumaboyev.

Zaxira: 15.Bahrom Yuldashev, 24.Sohibjon Botirxonov, 25.Omadjon Toshtemirov.

Ogohlantirish: Xudoyorxon Sagdullayev (87) - Sarvar Safarov (60), Shaxzodjon Ma’murjonov (81).