fcnasaf.uz

  12 Oct 2017 Yangiliklar, Uzbekiston Birinchiligi

O‘zbekiston Birinchiligi. “Nasaf-2” o‘z maydonida “Nurafshon”ni mag‘lubiyatga uchratdi

Bugun Nurali Sultonov shogirdlari – “Nasaf-2” jamoamiz, O‘zbekiston Birinchiligining 31-tur doirasidagi uchrashuvni o‘z maydonida “Nurafshon” jamoasiga qarshi o‘tkazishdi.

Keyingi uchrashuvlarda omadi chopmagan “Nasaf-2” jamoamiz, bugun bor kuchini buxoroliklarga qarshi tashlashdi. Natijada ular raqibini 4:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratishdi.

Uchrashuvdagi dastlabki to‘rtta gol futbolchilarimiz tomonidan birinchi bo‘limdayoq  kiritildi. 14 va 16-daqiqalarda Xudoyorxon Sagdullayev ikkita golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. 15-daqiqada Shohmalik Komilov bitta golga mualliflik qilgan edi. Uchrashuvning 28-daqiqasida Mirzabek Joniqulov oradagi hisobni 4:0ga yetkazdi. Bu gollardan keyin futbolchilarimiz biroz himoyada sust harakat qilishdi va 36-daqiqada o‘z darvozalaridan to‘p olib chiqishdi – 4:1.

Birinchi bo‘lim ana shu hisobda o‘z yakuniga yetdi.

Ikkinchi bo‘lim ham qiziqarli bo‘ldi. O‘yinning asosiy vaqti nihoyasiga yetganda ham hisob o‘zgarmasdan qoldi. Ammo qo‘shib berilgan daqiqalarda mehmonlar hisobni yana bittaga qisqartirishga erishdilar. Ikkinchi bo‘limda maydonga tushgan Bahrom Narzullayev gol muallifi bo‘ldi - 4:2.

O‘yin asabiyroq tarzda kechdi. Buni hakamlar qaydnomasidan ko‘chirmada ham ko‘rib olishingiz mumkin. Ya’ni bugun o‘yinchilarimizga oltita sariq kartochka ko‘rsatildi.

Shunday qilib, “Nasaf-2” jamoamiz bu turda maydondan boshlarini baland ko‘tarishib, tark etdilar.

“Nasaf-2” jamoamiz navbatdagi 32-tur uchrashuvida Muborakning “Mash’al-2“  jamoasini qabul qiladi. Shu kuni muxlislar kichik voha derbisiga guvoh bo‘lishadi. Uchrashuv 15 oktyabr yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Birinchiligi 31-tur

“Nasaf-2” (Qarshi) – “Nurafshon” (Buxoro)

12.10.2017. “Nasaf” FM maydoni. 16:00

Bosh hakam: Baxtiyor Yulcharayev (Guliston)

Yordamchi hakamlar: Dilshodbek Jumaniyozov (Xiva), Jamir Iskanderov (Nukus)

Zaxira hakami: Firdavs Norsafarov (Qarshi)

Nazoratchi: Baxtiyor Tog‘ayev (Toshkent)

Gollar: Xudoyorxon Sagdullayev, 14’-1-0, 16’-3:0, Shohmalik Komilov, 15’-2:0, Mirzabek Joniqulov, 28’-4:0 – Jamshid Hasanov, 36’-4:1, Bahrom Narzullayev, 90+2’-4:2.

“Nasaf-2”: 30.Amirbek Lutfullayev, 5.Sherzod Nasrullayev, 6.Ilhomjon Alijonov (s), 7.Otabek Komiljonov, 8.Shohmalik Komilov (22.Saddam To‘xtayev 61), 10.Xudoyorxon Sagdullayev (31.Sardorjon Abduxoliqov 88), 14.Dostonbek Berdiqulov, 16.Navro‘zjon Izatillayev (33.Farruh Absalomov 78), 18.Jahongir Qurbonboyev (45.Orifjon Murodov 46), 27.Mirzabek Joniqulov (38.Abdulla Miyasarrov 73), 42.Samandar Shukrullayev.

Zaxira: 25.Elshod Qodirov, 15.Jasur Jumayev.

“Nurafshon”: 1.Shaxzod Shamsiddinov, 5.Baxtiyor Bozorov, 7.Azizbek Boboyev, 8.Feruz Muinov, 12.Qurbonbek Sattorov, 15.Muhammad -  Sidiq Timurov (10.Bahrom Narzullayev 46), 16.Jahongir Xayriyev, 21.Shuhrat Salimov, 22.Umrillo Ramozonov (s), 77.Jamshid Hasanov, 23.Shokir Xo‘jayev (11.Fuzail Qoryog‘diyev 22).

Zaxira: 33.Rustam Rajabov, 9.Saidjon Ashurov, 17.Jonibek Rajabov.

Ogohlantirish: Mirzabek Joniqulov (14), Saddam To‘xtayev (67), Jahongir Xayriyev (71), Shuhrat Salimov (73), Xudoyorxon Sagdullayev (84), Orifjon Murodov (90+3). 