fcnasaf.uz

  13 Sep 2018 Yangiliklar, Pepsi Superliga - 2018

No‘‘mon Hasanov: “Bugun muxlislarga yoqadigan o‘yin bo‘ldi“

PEPSI Superliga 23-tur “Qo‘qon-1912” – “Nasaf” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbon  jamoa ustozi No‘‘mon Hasanov va “Qo‘qon-1912” yetakchilaridan biri O‘tkir Yusupovlar qatnashishdi.

No‘‘mon Hasanov: - O‘yin chiroyli, shiddatli ruhda bo‘ldi. Futbolchilar yaxshi o‘ynashdi. Barcha borini berib harakat qildi. Sidiqovning goli juda chiroyli chiqdi. Faqat gol o‘tkazvorgan vaziyatda futbolchilarimiz biroz konsentratsiyani yo‘qotishdi. Bugun durang o‘ynagan bo‘lsak-da, futbolchilarimizga rahmat aytaman. Bugun bizni qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarimizga ham o‘z minnatdorchiligimni izhor etaman.

Bugungi o‘yin muxlislarga yoqdi deb o‘ylayman. Takror aytaman, superligadagi har bir uchrashuv shunday shiddatli o‘tadi. Bunga bugun yana bir bor guvoh bo‘ldik.

Jaomam bugun ikki taymda ikki xil taktikada o‘ynadi. Albatta o‘ng qanot himoyasida Murod Holmuhammedovning yo‘qligi bilindi.

Oybek Rustamov terma jamoadan keldi, balki shuning uchun biroz kirishib ketishi qiyin bo‘lgandir. Oybek yaxshi futbolchi.

O‘tkir Yusupov: O‘yin muxlislarga yoqdi, deb o‘ylaymiz. Murabbiylarimiz ko‘rsatmalarini bajarishga intildik. Lekin xatoga yo‘l qo‘ydik. Xatolarimiz ustida ishlaymiz. Keyingi bahslarda ishqibozlarimizni xursand qilishga harakat qilamiz.