fcnasaf.uz

  02 Feb 2019 Yangiliklar, "Nasaf"ga oid asosiy habarlar

Nazorat uchrashuvi. “Nasaf” – Dinamo” 0:0

Bugun “Nasaf” yangi mavsum tayyorgarligi doirasidagi to‘rtinchi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi. Bu safar jamoamizga Samarqandning “Dinamo” jamoasi raqiblik qildi.

Uchrashuv jamoamizning to‘liq ustunligida o‘tgan bo‘lsada, bu hisobda aks etmadi. Yaratilgan sanoqsiz vaziyatlar golga aylanmasdan qoldi. E’tirof etish kerak, “Dinamo” jmoasi ham himoyada yaxshi harakatlandi. Ayniqsa darvozabonlar Shoxrux Raimov va Shoxrux Eshbo‘tayevlar bugun bor mahoratlarini namoyish qilishib, o‘zlari quriqlagan darvozaning dahlsizligini saqlab qolishdi. Ushbu darvozabonlar bugungi uchrashuvda bir bo‘limdan o‘ynashdi.

Endi jamoamiz o‘yiniga kelsak, futbolchilarimiz maydonning har bir nuqtasida mazmunli o‘yin ko‘rsatishdi. Taktik, texnik va jamoaviy o‘yin ham ko‘ngildagidek bo‘ldi. Bundan ko‘rinib turibdiki, murabbiylarimiz va futbolchilarimiz  yig‘in mobaynida ancha mehnat qilishgan.

Kam bo‘lishsada, o‘yinni tomosha qilish uchun kelishgan futbol ishqibozlari ham jamoamizning ko‘rsatgan o‘yinidan mamnun bo‘lishdi.

Endi jamoamiz ertaga Toshkentga jo‘nab ketadi va 4 yanvar u yerda tibbiy ko‘rikdan o‘tishadi. Shundan so‘ng, qisqa muddatli dam olish e’lon qilinadi.

Qisqa dam olishdan so‘ng, tayyorgarlikning navbatdagi bosqichi boshlanadi.

Nazorat uchrashuvi

“NASAF” – “DINAMO” 0:0

02.02.2019. Yoshlar qarorgohi maydoni. 14:00

Hakamlar: Naim Qosimov, Izzat Usmonov, Farxod Usmonov, Artem Kalinin.

Nazoratchi: Asror Xo‘jayev.

“Nasaf”: 1.Umid Ergashev (65.Mashhurjon Muhammadjonov, 46), 3.Ilhomjon Alijonov, 7.Odiljon Hamrobekov (8.Otabek Komiljonov, 84), 9.Xumoyun Murtazoyev (10.Bobir Abduxoliqov, 59), 14.Sharof Muhitdinov (34.Sherzod Nasrullayev, 59), 15.Dilshod Saitov, 18.Bobir Davlatov (52.Sherzod Temirov, 66), 27.Islom Rashidxonov (21. Dilshod Xushbakov, 75), 38.Akmal Mozgovoy, 49.Oybek Bozorov (20.Islom Kenjaboyev, 59), 92.Umarbek Eshmurodov (s).

Zaxira: 2.Sardor Sa’dullayev, 30.Xudoyorxon Sagdullayev.

“Dinamo”: 27.Shoxrux Raimov, 4.Hakimxon Allamxonov, 6.Akmal Xolmurodov (s), 17.Otabek Narzullayev, 19.Sanjar Baratov, 20.Amirjon Safarov, 21.Avaz Agaliyev, 41.Bobir Qosimov, 50.Voxid Shodiyev, 70.Dilmurod Karimov, 90.Obid Hakimov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: 1.Shoxrux Eshbo‘tayev, 2.Mirkomil Lakayev, 10.Timur Sharifov, 11.Jasur Ashurov, 18.Sherzod Jalilo, 23.Komil Sharofutdinov, 26.Dalerjon Almosjonov.