fcnasaf.uz

  04 Mar 2021 Yangiliklar, "Nasaf"ga oid asosiy habarlar

"Nasaf" yoshlarga ishonishda davom etadi

Xabaringiz bor, Dilshod Rahmatullayev, Bobir Abdixoliqov, Sharof Muhitdinov, Islom Kenjaboyev, Mashhur Muhammadjonov, Javohir Esonqulov klub bilan  shartnomalari tugaganligi va bu futbolchilar o‘z faoliyatlarini boshqa jamoalarda davom ettirishni xohlaganliklari sababli jamoamizni tark etishdi. “Nasaf” futbol klubi jamoamizni tark etgan futbolchilarga klub bilan olib borgan samarali hamkorlik uchun  o‘z minnatdorchiligini bildiradi va ularning keyingi faoliyatiga omad tilaydi.

O‘tgan mavsumda ijara asosida “Buxoro”jamoasida harakat qilgan Ilhom Alijonov hamda “Sho‘rtan” da to‘p tepgan Xudoyorxon Sagdullayevlar bilan o‘zaro kelishilgan holda o‘rtadagi shartnoma bekor qilindi. O‘tgan mavsumda jamoamiz tarkibida harakat qilgan Faycal Traore ham yangi joriy mavsumda o‘z oldiga jiddiy maqsad qo‘ygan Pro liga vakili “Yangiyer” jamoasida harakat qiladi.

“Nasaf” futbol klubi o‘z falsafasiga sodiq qolgan holda bor e’tiborni o‘z tarbiyalanuvchilariga qaratadi. Jamoamizni tark etgan futbolchilar o‘rnini ham imkoniyatdan kelib chiqqan holda  asosan o‘tgan mavsumda o‘rinbosarlar tarkibda harakat qilgan futbolchilar bilan to‘ldirildi. Bundan tashqari o‘tgan mavsumda “Sho‘rtan” jamoasida harakat qilgan Shokir Yo‘ldoshev, “Dinamo” jamoasida harakat qilgan Suhrob Nurilloyevlar rasman “Nasaf” jamoasi a’zosiga aylanishdi. 

Suhrob Nurilloyev 
Tug‘ilgan yili: 04.01.1998
Ampluasi: Yarim himoyachi
So‘ngi jamoasi: «Dinamo»

Shokir Yo‘ldoshev
Tug‘ilgan yili: 30.11.1995
Ampluasi: Yarim himoyachi
So‘ngi jamoasi: «Sho‘rtan»